Foto va Video

Moskvada “O‘zbekiston” pavilyoni ekspozitsiyasi ochiladi

25.09.2023 266

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xalq xo‘jaligining turli sohalarida yuz berayotgan sezilarli ijobiy o‘zgarishlar dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etib kelinmoqda.

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining qator nufuzli tashkilotlari – Investitsiyalar, savdo va sаnоаt vazirligi, Madaniyat vazirligi, Тrаnsроrt vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Воjхоnа qo‘mitasi, Qurilish va uy-joy kоmmunаl xo‘jaligi vazirligi, Yoshlar siyosati vа sport vazirligi, shuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi hamda “Milliy-PR-markazi DUK” tomonidan joriy yil oktyabr oyida Moskva shahridagi “Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi” (“ВДНХ”) hududida bo‘lib o‘tadidigan “O‘zbekiston” pavilyoni ekspozitsiyasining ochilishiga keng ko‘lamda tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Mazkur tadbirda mamlakatimiz xalq xo‘jaligining so‘nggi yutuqlari, qolaversa, sayyohlik salohiyati, boy madaniyati, milliy qadriyatlari, umuman olganda, har jihatdan jozibadorligi eng zamonaviy vositalar yordamida faol targ‘ib qilinadi.

Bu kabi yirik tadbirlar O‘zbekistonga jahon hamjamiyatining qiziqishi o‘sishiga, natijada esa ko‘plab xorijiy kompaniyalar bilan turli sohalarda hamkorlik aloqalari o‘rnatilishiga va yurtimizga keluvchi sayyohlar oqimining ortishiga sabab bo‘ladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing