Foto va Video

Italiyada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati bo‘yicha PR-kampaniya boshlandi

01.12.2023 245

O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyatini Yevropa mamlakatlari, jumladan Italiyada keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 13-26-noyabr kunlari O‘zbekistonning Rimdagi Elchixonasi tomonidan “Alpitour World” turistik kompaniyasi bilan hamkorlikda Italiyaning katta shaharlaridagi “Coin” savdo markaziga tegishli odamlar gavjum bo‘ladigan tijorat markazlaridagi 22 ta katta led ekranlarda va reklama stendlarida videoroliklarning namoyishi taqdim etilmoqda.

Mazkur promo-aksiya doirasida Italiyaning Milan, Breshiya, Bergamo, Kalyari, Kataniya, Komo, Djeno, Lechche, Livorno, Mestre, Milan, Neapol, Padova, Pyachense, Rim, Treviza, Triest, Vareze, Verona va Vichensa shaharlarida videorolik namoyish etish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, mamlakatning mashhur radiostansiyalarida “Radio Montecarlo” (eshituvchilar soni - kuniga 1,5 mln) va “Radio Voyage Voyage” (onlayn tarzda, eshituvchilar soni - kuniga 135 mingdan ziyod) O‘zbekiston turistik salohiyati to‘g‘risida 2 hafta davomida kuniga o‘nlab eshittiruvlar uzatilishi boshlab yuborildi.

Aytib o‘tish joizki, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida Italiyadan O‘zbekistonga kelgan sayyohlarning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 barobarga o‘sgan. Bu aksiyaning maqsadi ham O‘zbekiston turizm salohiyatini Italiyaga yetkazish va bu orqali italiyalik turistlarini O‘zbekistonga yanada jalb qilish hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Alpitour World” (www.alpitour.it) Italiyaning mahalliy kompaniyasi bo‘lib, turoperatorlar, aviakompaniyalar, ichki xizmatlar, mehmonxonalar va turagentliklardan tashkil topgan Italiyaning yetakchi turistik kompaniyasi hisoblanadi. Ushbu kompaniya har bir mijozi uchun uning barcha talablarini qondirish maqsadida yuqori darajadagi sifatli va keng spektrdagi xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing