Foto va Video

“Ichan Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi hududida “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tdi

14.08.2023 326

Joriy yilning 12-13-avgust kunlari Xiva shahri “Ichan Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi hududida “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida mamlakatimiz agroturizm salohiyati namoyishlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi, folklor jamoalari chiqishlari, konsert dasturlari, tasviriy san’at asarlari namoyishi, hunarmadchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, dorbozlar o‘yini, qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari, milliy taomlar hamda Xorazm nonini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, milliy liboslar ko‘rgazmasi, jonli ijrodagi sahna ko‘rinishlari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek festival doirasida mamlakatimizning har bir viloyati hamda ko‘plab boshqa ishtirokchilar qovun sayliga bag‘ishlangan rastalari bilan qatnashdi. 13-avgust kuni taqdirlash marosimi hamda gala konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing