Diqqat, tanlov! Xorijda ta’lim olish istagida boʻlgan barcha mutaxassis xodimlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoniga muvofiq hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining 2023-yil 4-oktyabrdagi 9-son qaroriga asosan, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ilgʻor xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 345 oʻringa moʻljallangan 2023-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovi e’lon qilinmoqda. Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlarning hujjatlari 2023-yil
10-oktyabrdan 10-noyabrga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda elektron tarzda qabul qilinadi. Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamgʻarmaning Onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan (http://admission.eyuf.uz). Shu bilan birga, 2023-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovi tartibi, nomzodlarga yaratib berilgan qoʻshimcha imkoniyatlarga bagʻishlangan videorolikni quyidagi havola
orqali olishingiz mumkin: (https://t.me/elyurtumidifoundation/8156).
Xorijda tahsil olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Tanlovda faol ishtirok eting!
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh