Foto va Video

Xiva shahrida Xalqaro Etnosport festivali bo‘lib o‘tadi

05.09.2023 297

Joriy yilning 7 – 10-sentabr kunlari Xiva shahridagi “Ichan Qalʼa” majmuasida ilk marotaba Xalqaro Etnosport festivali tashkil etiladi. Festivalning tantanali ochilish marosimi joriy yilning 8-sentabr kuni soat 19:00 da oʻtkaziladi.

Xalqaro Etnosport festivali doirasida:

Butunjahon Etnosport konfederatsiyasi bilan hamkorlikda etnosport turlarini rivojlantirish va yanada ommalashtirish boʻyicha Forum;

hududlardan kelgan mohir oshpazlar ishtirokida ikki boʻlimdan iborat osh pishirish musobaqasi;

mamlakatimizda yetishtirilgan sara qovunlardan iborat qovun sayli;

xalqimizning milliy madaniyati va urf-odatlarini namoyon qiluvchi hunarmandchilik mahsulotlari hamda sanʼat asarlaridan koʻrgazmali maydonchalar;

3 ta jahon chempionati (bahodirlar oʻyini va tosh koʻtarish, mas restling, oʻzbek jang sanʼati);

belbogʻli kurash boʻyicha xalqaro turnir;

6 ta sport turlari boʻyicha (turon yakkakurashi, kurashi, bel olish va uch kurashi, ot sporti turlari, kamondan otish va qushlar ovi) boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar;

12 ta milliy xalq oʻyinlari (kim oladiya, yelkada kurash, chillak, mindi, xoʻrozlar jangi, qarmoqcha, oq terakmi — koʻk terak, toʻptosh, oʻrtaga turish, haykal, xamir patir, lanka) boʻyicha koʻrgazmali oʻyinlar;

Shu bilan birga, Butunjahon Etnosport konfederatsiyasi raisi Najmeddin Bilol Erdoʻgʻan va Oʻzbekiston yoshlari uchrashuvi tashkil etiladi.

Mazkur tadbirlarga 63 ta davlatlardan jami 1884 nafar, shundan 928 nafar xorijiy, 956 nafar mahalliy mehmonlarning ishtiroki kutilmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing