Foto va Video

O‘zbekiston turizm sanoati “Visa Fasilitation Servises Global” yetakchi kompaniyasi bilan hamkorlikda rivojlantiriladi

22.11.2023 293

O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari tomonidan 2023-yil 1-4-may kunlari Dubayda bo‘lib o‘tgan “Arabian Travel Market” xalqaro turizm yarmarkasi (ATM-2023) doirasida “Visa Facilitation Services Global” yetakchi arab kompaniyasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining qiziqarli yangi bosqichida o‘z
sa’y-harakatlarini mamlakatda turizm tajribasini yanada yaxshilashga qaratmoqda.

“VFS Global” - viza xizmatlari sohasida tan olingan yetakchi kompaniya. Yetakchi kompaniya bilan strategik hamkorlik ushbu ulkan rejaning asosiy elementlaridan biridir.

Memorandum doirasida turizm, gastronomik infratuzilma, MICE turizmini rivojlantirish, mamlakatimiz madaniyati va turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, arab sayyohlari oqimi yo‘nalishida o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa Arab mamlakatlarida O‘zbekistonning turistik imidjini oshirish masalalariga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, mazkur loyiha doirasida mintaqaviy aviakompaniyalar va turoperatorlar bilan hamkorlikda butun O‘zbekiston hududida dam olishni ommalashtirish maqsadida reklama kampaniyasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

“Visa Fasilitation Servises Global” yetakchi arab kompaniyasi bilan hamkorlik mamlakatimiz turizm va madaniy meros sohasini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun:

“VFS Global” 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning 145 mamlakatida filiallariga ega. Shuningdek, 67 mamlakat, shu jumladan Ozarbayjon, Turkiya, Belarus va Ukraina hukumatlari bilan VFS Global xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha bitimlar imzolangan. 9000 dan ortiq tajribali xodimlar yordamida kompaniya viza hujjatlarini rasmiylashtirish, konsullik xizmatlariga yordam berish, xususan, marketing tadqiqotlari va RN kompaniyalarini tashkil etish kabi 20 ga yaqin xizmatlarni taqdim etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing