Foto va Video

2024-yil 1-10-yanvar kunlari O‘zbekistonda “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkaziladi

27.12.2023 371

1-10-yanvar - o‘quv ta’tili kunlarida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkaziladi. 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlarga Haftalik doirasida respublikamizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishni tavsiya qilamiz. Ushbu haftalik munosabati bilan yoshlarimiz uchun yo‘l va transport xarajatlariga, teatr, kinoteatr va konsertlarga kirishda maxsus chegirmalardan foydalanish imkoniyati beriladi, muzey va madaniy meros obyektlariga kirish esa mutlaqo bepul bo‘ladi. 

Haftalikda faol ishtirok eting – O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing