Foto va Video

Zarkentda “Uzum sayli” va “Vinochilik festivali” bo‘lib o‘tadi

11.09.2023 742

15-16-sentyabr kunlari Toshkent viloyati Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida Xalqaro “Uzum sayli” va “Vinochilik festivali” bo‘lib o‘tadi.

Festival tashkilotchilari Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm qo‘mitasi, shuningdek, Toshkent viloyati hokimligidir.

Festivalga xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari, nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, vinochilik sohasidagi yirik va yetakchi kompaniyalar mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilgan.

Festival doirasida sohaning tajribali mutaxassislari ishtirokida ilmiy anjumanlar, Respublikamiz uzum va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari, vino mahsulotlari ko‘rgazmalari va degustatsiyalari, “Eng yaxshi uzum navi” va “Eng yaxshi vino mahsuloti” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovi, gastronomik ko‘chalar, mashhur estrada yulduzlari ishtirokidagi shou-dasturlar va gala-konsertlar tashkil etiladi.

Mazkur festivalni o‘tkazishdan maqsad mamlakatimizning turizm salohiyatini keng namoyish etish, milliy mahsulotimiz brendining jahon bozorida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, uzumchilik va vinochilikning qadimiy tajribasini, shuningdek, bog‘dorchilik mahsulotlarining o‘ziga xos tur va navlarni ommalashtirishdan iborat. Mehmonlar uchun “Uzum festivali”ning bosh maydoniga kirish bepul.

Murojaat uchun telefon: +998(95) 199-12-20

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing