Foto va Video

Qo‘qonda turkiyzabon yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

18.07.2023 392

Yoshlarning xalqimiz tarixi va milliy madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kelgusida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni turizm sohasiga keng jalb etish, turistik sektor va turizm sohasida yosh avlodning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish maqsadida joriy yil 11-iyuldan 15-iyulga qadar Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida “Turkiyzabon yoshlar xalqaro festivali” bo‘lib o‘tdi.

Festival 2022-yil 29-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini amalga oshirish maqsadida o‘tkazib kelinadi.

Tadbirning rasmiy ochilish marosimi 11-iyul kuni Qo‘qon shahridagi “Kokand University” binosida bo‘lib o‘tdi.

Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan ommaviy axborot vositalari vakillari, sayyohlik agentliklari xodimlari va gidlar, xalqaro turkiy madaniy tashkilot (TURKSOY) a’zolari va o‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘rtasidagi B2B formatdagi uchrashuvda Farg‘ona vodiysining tarixiy kurortlari va sayyohlik markazlari haqida qiziqarli materiallar taqdim etildi.

Festival doirasida Kitobxonlik kuni, milliy va etnik sport turlari bo‘yicha musobaqalar, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, yoshlar uchun biznes va hunarmandchilik bo‘yicha davra suhbatlari, taniqli teatr va kino arboblarining yoshlar bilan ijodiy muloqotlari, festival ishtirokchilarining elchixonalar konsullari bilan uchrashuvlari o‘tkazildi.

Festivalda barcha turkiyzabon mamlakatlardan kelgan 70 dan ortiq yoshlar hamkorlik va birdamlikni mustahkamlagan holda xalqaro konferensiya, tanlovlar, loyihalar va tadbirlarda ishtirok etdilar, o‘zaro fikr almashdilar. Eng faol ishtirokchilar sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Prezidentimizning tashabbusi bilan ushbu festivalni turkiyzabon mamlakatlar yoshlari o‘rtasida ikki yilda bir marta o‘tkazishga qaror qilindi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing