Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekiston musulmonlari bayramlari

43

O‘n to‘rt asrdan buyon o‘zbek xalqi islom dinining qadimiy va uzluksiz an’analariga amal qiladi. Xalqni birlashtiruvchi, uni hamjihat va mehr-oqibatli qiladigan diniy urf-odatlar va marosimlar hozirga qadar saqlanib kelmoqda.

O‘zbekiston musulmonlarining asosiy bayramlari Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) hisoblanadi. Ezgulik, Yaratganga ehtirom va sadoqat ruhi bilan sug‘orilgan ushbu muborak kunlarda barcha urf-odatlar albatta bajariladi, bayram munosabati bilan mazali milliy taomlar tayyorlanadi, qarindosh-urug‘lar, keksalar holidan xabar olinadi, muhtojlarga yordam ko‘rsatiladi, xayr-ehsonlar ulashiladi, marhumlar xotirlanadi.

Agar safaringiz muqaddas Ramazon oyi kunlari yoki bayram kunlariga to‘g‘ri kelsa, O‘zbekistonga bemalol tashrif buyuravering. Qalbida mehribonlik, qonida mehmondo‘stlik bo‘lgan xalqimiz mehmonlarni kutib olishdan doimo mamnun. Musulmon bayramlari dam olish kunlari deb e’lon qilinib, qadimiy an’analar va qiziqarli marosimlar ijro etiladi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar