Foto va Video

O‘zbekiston AITF-2023 Xalqaro turizm va sayohat ko‘rgazmasining “Hamkor davlati”

03.04.2023 958

O‘zbekiston AITF-2023 Xalqaro turizm va sayohat ko‘rgazmasida “Hamkor davlat” sifatida ishtirok etmoqda.2023-yilning 4-6-aprel kunlari Ozarbayjonning poytaxti Boku shahrida AITF-2023 19-xalqaro turizm va sayohat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Ozarbayjon xalqaro turizm yarmarkasida ilk bor “Hamkor davlat” sifatida ishtirok etmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda “Milliy PR-markazi” DUK, shuningdek, O‘zbekistonning Ozarbayjon Respublikasidagi Elchixonasi hamkorligida, “Uzbekistan Airways” AJ ko‘magida tashkil etilmoqda.Sayyohlik ko‘rgazmasining ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxrom Ashrafxonov hamda ”Milliy PR-markazi”DUK direktori Dilfuza Samandarova so‘zga chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-mart kuni bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida qabul qilingan Qaroriga ko‘ra, Ozarbayjon Respublikasi va Turkiya O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlari eksportini ko‘paytirish va ushbu mamlakatlardan sayyohlarni jalb qilish maqsadida Xorazm viloyatiga biriktirildi.Ushbu topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida, ko‘rgazma doirasida Xorazm viloyatidan katta delegatsiya ishtirok etmoqda, uning tarkibi 7 ta sayyohlik kompaniyasi, “Ichan qal’a” rahbariyati, madaniyat va san’at namoyandalari, musiqachilar hamda hunarmandlardan iborat.

AITF-2023 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida davlat sayyohlik tashkilotlari, marketing kompaniyalari, shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarining Ozarbayjon turoperatorlari bilan maydonchalarni faol sotish bo‘yicha ishbilarmonlik uchrashuvlari hamda joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish shartlari bilan tanishish rejalashtirilgan.AITF-2023 ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kechki ziyofat ham rejalashtirilgan bo‘lib, unda mamlakatimizning turizm salohiyati taqdimoti, Xorazm milliy ansambli san’atkorlari chiqishlari bilan madaniy dastur, xalq amaliy san’ati va milliy taomlar namoyishi rejalashtirilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing