Foto va Video

Oʻzbekistonda plyaj zonalarini tashkil etish qoidalari eʼlon qilindi

23.02.2022 1264

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 maydagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan yurtimiz hududida plyaj zonalarini tashkil etish “O‘zbekiston Respublikasi suv havzalaridagi plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, shuningdek, fuqarolar salomatligini muhofaza qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Nizomga ko‘ra, plyaj va suv havzalari yaqinida aholi dam olish uchun ajratilgan joylar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

- qirg‘oqbo‘yi hududini rejalashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;

- plyaj akvatoriyasining quyi qismi 3 m chuqurlikdagi, qirg‘oqdan 50 m gacha bo‘lgan chiziqli kengligi bilan dam oluvchilarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tiqinlar, parchalar va boshqa narsalardan tozalangan bo‘lishi;

- plyajning akvatoriyasida past haroratli yer osti suvlarining chiqishi, girdoblar, o‘ramalar bo‘lmasligi kerak, oqim tezligi 0,5 m/s dan oshmasligi kerak;

-port obyektlaridan, bandargoh va sohil bo‘ylaridan davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan masofada olib tashlanishi kerak;

- plyaj sanoat va maishiy oqava suvlarni oqizadigan joylardan uzoqda joylashgan bo‘lishi kerak.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Turizm to‘g‘risida”gi qonunining 21-moddasiga muvofiq, joylashtirish vositalari, tog‘-chang‘i yo‘laklari va plyajlar majburiy sertifikatlashdan o‘tkaziladi, shuningdek, belgilangan tartibda tasniflanishi shart.

Qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlashtirish vakolatli davlat organi – Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish tashkiloti, ya’ni “Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi.

Plyaj xizmatlarini sertifikatlash O‘z DSt 13009:2021 “Turistik xizmatlar. Plyajlar faoliyatiga qoʻyiladigan talablar va tavsiyalar” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish va turizm industriyasi obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” asosida amalga oshiriladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing