Kecha, 17-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi doirasida Jidda shahriga keldi. Prezident matbuot xizmatining xabariga koʻra, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, sarmoyaviy va madaniy-ijtimoiy sohalarda oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bu boradagi muhim qadamlardan biri Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etilgani bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, vizasiz rejim 2023-yil 1-yanvardan joriy etiladi, bunda, o‘zining mamlakati yoki uchinchi davlatga jo‘nab ketish chiptalarining taqdim etilishi majburiy bo‘ladi.
Eslatib oʻtamiz, vizasiz rejim yana 90 ta davlatdan kelgan sayyohlar uchun ham amal qiladi va 57 davlat fuqarolari uchun elektron viza berishning soddalashtirilgan tizimi joriy qilingan.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh
Thanks for your blog Lots of nice words in this article , nice to read , Do not stop.