Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekistonning an’anaviy bayramlari

33

O‘zbekiston o‘ziga xos an’ana va urf-odatlar saqlanib qolgan go‘zal mamlakatdir. Qadimdan bu zaminda nafaqat o‘zbeklar, balki turli millat vakillari ham yashab kelgan. Mahalliy aholi hunarmandchilik, dehqonchilik, savdo-sotiq va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Bu omillarning barchasi, shubhasiz, o‘zbek xalqi tarixi va madaniyatida o‘z izini qoldirgan, jumladan, bayramlarni nishonlashning betakror an’analarini shakllantirgan.

O‘zbekistonning an’anaviy bayramlari qadimiy taqvimiy-marosimiy tantanalardir. Eng mashhurlaridan Navro‘z - bahorgi tengkunlik, Mehrjon - hosil bayrami, Qum sayli, Suv sayli, Qor xat - birinchi qor bayrami, Uzum sayli, Qovun sayli, Anor sayli, Sog‘im - mol so‘yish kuni, shuningdek, lola, atirgul, boychechak va boshqa gullarning ochilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan gul bayramlari bo‘lgan.

Ba’zi bayramlar hozirgi kunda ham keng nishonlanadi. Bayram kunlarida o‘tkaziladigan festivallar, ko‘ngilochar tadbirlar kishida kuchli taassurot qoldirishi mumkin. Zero, bu o‘ziga xos marosimlar, bayram konsertlari, yorqin liboslar, to‘kin dasturxonlar, qadimiy an’analar - bularning barchasi yurtimizni bezab, uning o‘ziga xosligini ta’minlaydi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar