Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekistonning gullagan bog‘lari

588

Bahor kelishi bilan O‘zbekiston tabiati gullab-yashnagan sehrli ertakka aylanadi. Atrof to‘la o‘rik, olma, gilos, jiyda kabi mevali daraxtlarlar - siz beixtiyor yorqin ranglarga bo‘yalgan chamanzorga tushib qolgandek bo‘lasiz.

O‘zbekiston hududida Amir Temur davridanoq bog‘ barpo etish san’ati rivojlangan edi. Ular haqida dastlab arab tarixchisi Ibn Havqal, Amir Temur davrida Ispaniya elchisi bo‘lgan Rui Gonsales de Klavixo hamda O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat qilgan boshqa sayyohlarning asarlarida tilga olingan.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, buyuk Temur Samarqand atrofida 15 ta bog‘ yaratishni buyurgan. Bu bog‘lar turli davrlarda barpo etilib, asosan she’riyat, ilm-fan va sayohatlarga bag‘ishlangan.

Bugungi kunda O‘zbekiston shaharlarida gul-landshaft san’ati jadal rivojlanmoqda, ekologik va istirohat bog‘lari ochilmoqda. Toshkentda har yili landshaft san’ati festivali o‘tkazilsa, Namanganda har yilgi Gullar festivalida ishtirok etish mumkin. Sayyohlar orasida Yapon bog‘i, Toshkentdagi Ekopark, Samarqanddagi Bog‘ishamol parkining hududlari keng ommalashgan. Yaqinda Toshkentning Sergeli tumanida yana bir yangi “Flowers Garden Park” ekoparki ochildi. Yangi bog‘da 30 turga mansub 6 mingdan ortiq manzarali daraxtlar, jumladan, magnoliya, fotiniya, qora qarag‘ay, archa, “Crimson King” navli zarang va boshqalar, shuningdek, 20 turdagi 60 mingdan ortiq butalar ekilgan. Park hududida tashrif buyuruvchilar uchun restoranlar va do‘konlar faoliyat yuritmoqda.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar