Foto va Video

O‘zbekistonning oltin konlari

32691

«Biz bir yilda 20 shaxta ochdik va 70 tonna oltin qazib oldik».

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Toshkent yer usti metropoliteni ochilishidagi suhbatidan, 2020 y.)

O‘zbekiston, bir vaqtning o‘zida qadimiy me’moriy yodgorliklari va tabiiy diqqatga sazovor joylari bilan maqtana oladigan go‘zal mamlakatdir. Bu erda tog‘lar ko‘llar bilan, sersuv daryolar esa cho‘llar bilan tutashib ketgan. Bunday joylar o‘zbek xalqi uchun haqiqiy boylikdir, ammo bu bepoyon erlarning tubida yana bir qimmatliroq boylik begona ko‘zlardan yashirilgan, u faqat sanoqli – doimo qimmatli metallarni qidirish va ularni qazib olish bilan shug‘ullanuvchi kishilargagina ma’lum.Jizzax viloyati Jizzax viloyati 

O‘zbekiston - Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida mineral va tabiiy resurslarga boy, juda qulay tabiiy-geografik sharoitlarga ega mamlakatdir. Mamlakatimizda tabiiy gaz, ko‘mir, mis, volfram, neft, qimmatbaho toshlar va, albatta, platina, oltin va kumushning katta zaxiralariga ega konlar mavjud.

O‘zbek xalqi oltinga har doim o‘zgacha munosabatda bo‘lib kelgan, qadimgi vaqtlardan beri aholi oltin buyumlardan foydalanib kelgan, ko‘plab topilmalar va ruda qazib olish izlari buning yaqqol tasdig‘idir.Qoraqalpog'istonning zargarlik buyumlari

Misol uchun, Toshkent viloyatida miloddan avvalgi 2-1 ming yilliklarga oid qimmatbaho metallardan yasalgan turli buyumlar topilgan.

VIII asrda, O'rta Osiyodagi oltindan yasalgan buyumlarning shuhrati Rossiya va G'arbiy Evropaning eng chekka burchaklarigacha yeta boshladi. 1714-1717 yillarda Rossiya imperiyasi tomonidan qimmatbaho metallarning konini toppish maqsadida Xiva safariga urinish qilingan.

XIX asrda o‘zbek yer osti boyliklarini egallash bo‘yicha yana bir kampaniya boshlandi, xususan, Evropadan oltin qidiruvchilar va tadbirkorlar mamlakatga faqat bitta - qimmatbaho metallarni qazib olish maqsadi bilan kelishdi.

Sovet Ittifoqi davrida kon-metallurgiya sanoatining jadal rivojlanishi yuz berdi. Katta konlar, shu jumladan Qizilqum cho‘lining janubi-g‘arbida joylashgan dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biri - Muruntov ochildi. Shu yerning o‘zida 1958 yilda nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun dunyoda oltin ishlab chiqarish va qazib olishda etakchi o‘rinlarni egallagan Novoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil etildi.



Muruntov karer

Muruntov, hozirgi kungacha maydoni jihatidan dunyodagi eng yirik va eng chuqur kar’erlardan biri bo‘lib qolmoqda. Muruntovda firuza va mishyakning ulkan konlari mavjud. Ba‘zi geologlar bu erni dunyodagi eng katta oltin zaxiralariga ega konlardan biri deb atashadi va turli xil taxminlarga ko‘ra uning hajmi yiliga 5300 tonnani tashkil etadi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston oltin zahiralari bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘rinn egallab kelmoqda. 2018 yilda mamlakatimizning oltin zahiralari 5,99 tonnani tashkil etib dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Ikki yil davomida bu ko‘rsatkichlar o‘sishda davom etmoqda.

Bugungi kunda, asosiy oltin rudalari bazalari va konlari Navoiy, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida joylashgan.

Bugungi kunda, Muruntov, Myutenboy, Triada, Ajibugut, Omontoytov, Ko‘kpatas, Daugyztov, Charmiton, Gujumsoy, Sarmich, Biron, Marjonbuloq, Ko‘chbuloq, Qayrog‘och, Qizilolmasoy, Kovuldi, Pirmirob, Guzaksoy va boshqa konlar ma’lum. Yer ostidan oltin qazib olish, shaxtalar orqali va er yuzasida karer hosil qilish yo‘li bilan olinadi.

“Olmaliq KMK ” va “Navoiy KMK” mamlakatimizda oltin ishlab chiqaruvchi etakchi tashkilotlar hisoblanadi.

Hozircha, O‘zbekiston zaminida qancha oltin borligini aytish qiyin, biroq yuzlab tonna deb taxmin qilinmoqda. Konlarni qidirish va oltin qazib olish ishlari hali ham davom etmoqda.

Yaqin kunlarda oltin qazib olish va qimmatli metal ishlab chiqariah sur’atini oshirish rejalashtirilmoqda. Shu maqsadlarda tog‘ metallurgiya sohasini keyinchalik rivojlantirish bo‘yicha choralar tasdiqlangan.

Bundan tashqari, investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida shu yilning 2-noyabrida oltin quymalari sotuvga chiqarildi. Oltin yombilar, 999,9 standartdagi va 5, 10, 20 va 50 gramm og‘irlikdagi sof oltindan tayyorlanadi.

Oltin yombi va tangalar O‘zbekistonning barcha hududlarida sotuvga chiqarilgan, hamda, ularni butun qadoqlarda eksport qilishga ham ruxsat berilgan.

Izoh

1

Здравствуйте. В Сурхондарьинской обл. тоже золотые шахты открыты.

Шухрат Сатторов | 04.09.2021

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring