Foto va Video

O‘zbekistonning o‘tov lagerlarida kashf etiluvchi ufqlar

1304

O‘zingizni tabiatda holi qolishga undang, atrofdagi dunyo bilan uyg‘unlashtiring, unga yangi nazar bilan boqing. Go‘zal olis joylarga sayohat qilish, o‘ziga xos o‘tov lagerlarida go‘zal manzara qo‘ynida yolg‘iz qolish, unutilmas taassurotlarga ega bo‘lish, shahar shovqin suronidan olisda hordiq chiqarish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.

O‘tov lagerida dam olish afzalliklari orasida nafaqat go‘zal muhit, balki bu ko‘chmanchilarning turmush tarziga tegish, zamonaviy hayotda imkonsiz bo‘lgan noyob daqiqalarni his qilish imkoniyatidir.

Sizga o‘tovda tunash hush yoqadi, chunki bu keng devorlari bo‘lmagan va odatiy ma’noda tashqi dunyodan uzulishdek to‘siqlarsiz bo‘lgan g‘ayrioddiy tuyg‘u. Siz shamolning shivirlashi, qushlar qichqirig‘i, yomg‘ir ovozi, itlar hurishini tinglagan holda, barcha xavf-xatardan himoyalangan bo‘lasiz. Uyg‘onganingizda, o‘zingizni tetik va kuchli his qilasiz. Siz uyning ichida uzoq vaqt qolishni xohlamaysiz. Axir, lagerda va undan tashqarida sizni juda ko‘p qiziqarli va o‘rganilmagan hodisalar kutmoqda!

Biz siz uchun milliy dam olishning eksklyuziv takliflaridan foydalanishingiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi 5 ta o‘tov lagerilari ro‘yharini tayyorladik.

1. “Aydar” o‘tov lageri – Navoiy viloyatidagi Aydarko‘l ko‘lidan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan sahrodagi dam olish maskani, 11 ta chiroyli bezatilgan o‘tovdan iborat. Lagerda maroqli hordiq chiqarish uchun hamma sharoitlar mavjud: yuvinish xonalari, shinam o‘tov-oshxonasi, hordiq olish uchun hashamatli o‘rindiqlar. Non va somsa pishirish uchun tandirlar, restoran, elektr quvvati, buyurtma bo‘yicha chaqaloq yotoqlari mavjud.Mohir oshpazlar milliy taomlarni tayyorlash jarayonini namoyish etadi. Bundan tashqari, Qizilqum cho‘lida Aydarko‘l ko‘li va Sarmishsoy darasiga sayr va sayohatlar, tuyalar va jip safarilari tashkil etilmoqda. Kechqurun siz milliy cholg‘u asboblarida musiqa ijrosidan zavqlanib, gulxan atrofida hordiq chiqarishingiz mumkin.
2. “Safari” o‘tov lageri – 20 ta uydan iborat eng yirik oromgohlardan biri. Navoiy viloyatining qadimiy Nurota shahridan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan.
 Yurt camp
Oromgohning o‘ziga xos muhiti, Buyuk Ipak yo‘lining markazida, savdo karvonlari va ko‘chmanchilar davriga tushib qolgandek his-tuyg‘uni uyg‘otadi. O‘tov lagerida siz qulay yuvinish xonalari, to‘liq jihozlangan oshxona va elektr energiyasi kabi sivilizatsiya afzalliklarini topasiz.

Ko‘ngilochar: mazali milliy taomlar, Aydarko‘l sohilida hordiq chiqarish, tuyada sayr qilish, folklor tomoshalari, sayr qilish va barcha qoliplardan farqli o‘laroq, o‘simlik va hayvonot dunyosining boy hayoti mavjud cheksiz cho‘l bilan tanishish.

3. “Mo‘ynoq” o‘tov lageri - Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahri yaqinida joylashgan.
Siz uchun sobiq dengiz tubi bo‘lgan Orolqum cho‘li bo‘ylab yangi tashkil etilgan sho‘r-botqoqli cho‘l bo‘ylab o‘tov lagerida unutilmas sayohat kafolatlangan. Mo‘ynoq bir paytlar yirik port shahri bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan Orol dengizining ko‘p qismi qurib qolgan, bu yerda baliqchi qayiqlar va cheksiz cho‘l qolgan. “Mo‘ynoq” oromgohi barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan, bu yerda 5 ta uy, estakadali yotoqlar, statsionar hojatxonalar, yuvinish xonalari, elektr quvvati, oshxona mavjud. Yerning bu nuqtasida dam olayotganda siz afsonaviy kema qabristonini, Orol dengizi muzeyini ko‘rishingiz, an’anaviy qoraqalpoq taomlarini tatib ko‘rishingiz va boshqa ko‘p narsalarni ko‘rishingiz mumkin.

4. “Ayaz-Qal’a” o‘tov lageri – cho‘l o‘rtasidagi yana bir mo‘jiza. Oromgoh qadimiy Ayaz-Qal’a (miloddan avvalgi IV-II asrlar) xarobalari yaqinida joylashgan. Unda qolib, qadimiy Xorazm sivilizatsiyasining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishingiz, qoraqalpoq xalqi madaniyati bilan singib ketishingiz mumkin. Lager Qoraqalpog‘istonning Bo‘ston shahridan 30 km uzoqlikda joylashgan. Lagerning bir tomonidan Sultonuizdag tog‘ tizmasi, boshqa tomondan esa Ayaz-Ko‘l ko‘li ko‘rinadi. Dam oluvchilar keng uylarda joylashib, Ayaz-qal’a xarobalari bo‘ylab sayohatlarda qatnashishlari, tuyalarga minishlari, kechqurunlari yulduzlarga to‘la tungi osmondan bahramand bo‘lishlari mumkin.
5. “Konimex ekoparki majmuasi Navoiy viloyatining Konimex tumanida joylashgan. Bu yerda ekoparkning katta majmuasi joylashgan. Uning hududida restoran, amfiteatr, attraksionlar, sport maydonchasi, musiqali favvora va albatta, 12 kishiga mo‘ljallangan 12 ta o‘tov hamda 25 kishiga mo‘ljallangan 1 ta o‘tov mavjud. Bundan tashqari, Ekoparkda siz tuyachilik fermasiga tashrif buyurib, tuya suti tayyorlanadigan hayratlanarli darajada foydali fermentlangan sut ichimligini, shubatni tatib ko‘rishingiz mumkin.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda etnik turizm jadal rivojlanmoqda va biz taqdim etgan o‘tov lagerlari tanlovi hali hammasi emas. Eng noodatiy dam olish va sayohatlardam xabardor bo‘lish uchun sahifalarimizni kuzatib boring.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring