Foto va Video

Polshada O‘zbekistonning turizm salohiyati namoyish etilmoqda

15.08.2023 287

O‘zbekistonning Polshadagi Elchixonasi bilan hamkorlikda Polshada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati keng targ‘ib qilinmoqda. Polsha shaharlari ko‘chalarida o‘rnatilgan led-ekranlarda O‘zbekistonning madaniy merosi, go‘zal tabiati, boy tarixi va an’analari, qadimiy va navqiron shaharlari va boshqa turistik yo‘nalishlari aks etgan videoroliklar namoyish etilmoqda. Varshavadagi “Marshalak Holding” nashriyot-matbaa markazi tomonidan polyak tilida O‘zbekistonning tarixiy merosi va milliy taomlariga bag‘ishlangan risolalar ham chop etildi. “O‘zbekistonning jahon miqyosidagi tarixiy va sayyohlik markazlari” risolasida Yangi O‘zbekistonda turizmning zamonaviy rivojlanishi va istiqbollari haqida ma’lumotlar berilgan, mamlakatning eng yirik tarixiy markazlarida turizmning ko‘plab turlari mavjud, jumladan, madaniy-ma’rifiy, sport, chang‘i, etnik, tibbiy-balneologik, gastronomik, biznes, ziyorat turizmi, agroturizm va ekoturizm.

O‘zbekistonning asosiy sayyohlik yo‘nalishlari: “Toshkent – do‘stlik va iliqlik poytaxti”, “Samarqand – Sharq durdonasi”, “Buxoro – muborak shahar”, “Xiva – ochiq osmon ostidagi muzeylar shahri”, “Shahrisabz – Amir Temur vatani”, “Farg‘ona – ertaknamo vodiy markazi”, “Qo‘qon – buyuk davr vorisi”, “Rishton – O‘zbekistonning asosiy kulolchilik ustaxonasi” kabilarga alohida e’tibor qaratilgan.

“O‘zbek milliy oshxonasining mashhur taomlari” risolasida o‘zbek milliy taomlarini tayyorlash usullari va amaliy maslahatlar keltirilgan.

Ta’kidlanganidek, o‘zbek xalqining oshxonasi chuqur tarixga ega bo‘lib, uning madaniyati, tili va an’analari bilan chambarchas bog‘liq. Pazandachilik an’analari va ajdodlarning turmush tarzi, qo‘shni xalqlar bilan munosabatlari taomlarning xilma-xilligi va tarkibining boyligiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ulardan ko‘pchiligining kelib chiqishi chuqur ildizlarga ega va ba’zi taomlar an’anaviy ko‘rinishini saqlab qolgan. Bular jumlasiga palov, manti, lag‘mon, sho‘rva, kabob, somsa, o‘zbekcha non va boshqalarni kiritish mumkin.

“Bu o‘zbekcha taomlarini tayyorlashning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, o‘zbek oshxonasigagina xos bo‘lgan noyob ziravorlar mavjud” - deyiladi risolada

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing