Foto va Video

O‘zbekiston Respublikasi uchun autsorsing asosida YAGONA uslubdagi stendni ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qilinadi

02.04.2024 243

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasining Yagona uslubdagi stendini ishlab chiqish bo‘yicha autsorsing huquqini olish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi, keyinchalik Buyurtmachi mazkur stenddan keyingi xalqaro turizm ko‘rgazmalarida foydalanadi.

Arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 2024-yil 1-may, soat 16:00.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda tobora ommalashib borayotgan sayyohlik maskaniga aylanib bormoqda va jahondagi ko‘plab yirik xalqaro sayyohlik ko‘rgazma va yarmarkalarida milliy stend bilan ishtirok etib kelmoqda. Bu O‘zbekiston va uning diqqatga sazovor joylari haqida ko‘proq ma’lumot berish, dunyoning turli burchaklaridan kelgan turizm sohasi mutaxassislari bilan muloqot qilish uchun ajoyib imkoniyatdir. Xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish O‘zbekistonning turizm sohasi o‘sib borayotganini ta’kidlab, sayohatchilarda mamlakatdagi turli xil madaniy, tarixiy, tabiiy va rekreatsion tadbirlar haqida tasavvur paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘zbekiston ishtirok etayotgan eng nufuzli xalqaro tadbirlar sirasiga “ITB Berlin”, “FITUR Madrid”, Dubaydagi “Arabian Travel Market” (ATM) va Londondagi “World Travel Market” (WTM) kabilar kiradi.

Bugungi kunda “Milliy PR-markazi” DUK jamoasi O‘zbekistonning turistik brendini mamlakatimiz va xorijda targ‘ib etib, o‘z faoliyatini turli yo‘nalishlarda amalga oshirmoqda:

• turizm sohasidagi xalqaro ko‘rgazmalarda “O‘zbekiston” milliy stendi bilan ishtirok etish;

• keng ko‘lamli biznes tadbirlarni tashkil etish: brifinglar, davra suhbatlari, matbuot anjumanlari, yirik konferensiyalar, forumlar – O‘zbekistonda bo‘lgani kabi, xorijda ham;

• mamlakatning boy madaniy merosini targ‘ib qiluvchi tadbirlar: xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalar, forumlar va festivallar tashkil etish;

• reklama materiallarini (brendbuklar, jurnallar, broshyuralar, bukletlar, flayerlar, press-vollar, kompaniya logotipi tushirilgan sovg‘a to‘plamlari va suvenirlar) ishlab chiqish va ko‘paytirish, shuningdek, tadbirlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar uchun reklama materiallarini ishlab chiqish va tarqatish.

Joriy yilda O‘zbekiston stendi YAGONA uslubda tashkil etiladigan qator xalqaro tadbirlarda ham ishtirok etish rejalashtirilgan.

Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:

1. Ko‘rgazma maydonini loyihalashda ushbu uslub inobatga olinishi lozim:

Stend O‘zbekistonning madaniy va milliy an’analarini aks ettirishi kerak. Asosiy e‘tibor qadimiy shaharlarga (Samarqand, Buxoro, Xivaning diqqatga sazovor joylari) qaratilishi kerak. Shuningdek, stendda respublika hunarmandchiligi va milliy taomlari aks ettirilgan bo‘lishi kerak.

2. Stend zamonaviy, mukammal, eksklyuziv ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak va shunchaki mobil uskunalar to‘plami bo‘lib qolmaslgi lozim.

Tanlov shartlari va ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: “O‘zbekiston” milliy stendi dizayn-loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha texnik topshiriq.pdf

Takliflar komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, tanlov natijalari 15-may kuni eʼlon qilinadi.

Tanlov golibi bir martalik to‘lov - 10 000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasiga ushbu manzil bo‘yicha yo‘llanadi:

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent, 100015, Oybek ko‘ch., 18.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 18:00 ga qadar +998 (78) 129 09 90 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki info@nationalprcentre.com elektron manziliga so‘rov yuboring.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing