Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekiston Qozog‘istondagi KITF-2026 xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

22.04.2026 72

22–24-aprel kunlari Olmaota shahrida respublikaning turizm sohasidagi eng yirik professional maydoni va muhim tadbiri bo‘lmish KITF-2026 xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Dunyoning yetakchi davlatlari qatori O‘zbekiston ham o‘z milliy stendini taqdim etdi. U Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DM tomonidan tashkil etilgan. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan “Milliy PR-markazi” DM xodimlari, “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ hamda “Hotel Pro”, “Oks Tours” va “Silk Road Samarkand” kabi sayyohlik kompaniyalarining vakillari o‘rin olgan.

Ko‘rgazmaning sermazmun uch kunlik dasturidan memorandum va kelishuvlarni imzolash, hududlararo va chegaraoldi hamkorlik dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, respublikalar hukumatlari yig‘ilishlari, yalpi majlislar, hunarmandlarning mahorat darslari, seminarlar, taqdimotlar va boshqa tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ko‘rgazma davomida delegatsiya a’zolari yangi turistik mahsulotlarni taqdim etadi, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan TXTY–2026 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasiga turli mamlakatlardan sheriklar va yirik tashkilotlarni jalb etish bo‘yicha muzokaralar olib boradi. 

Har yili KITFda yetakchi xalqaro turoperatorlar va sayyohlik agentliklari, aviakompaniyalar, milliy va hududiy turizm tashkilotlari, yirik mehmonxona tarmoqlari va otellar, tibbiy-sog‘lomlashtirish markazlari, shuningdek, turizm sohasida IT-yechimlarni ishlab chiquvchilar va yetkazib beruvchilar ishtirok etadi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar