Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Qashqadaryo: 4 kunlik sayohat dasturi

73

Qashqadaryo viloyati bo'yicha 4 kunlik tur dasturi

1-KUN — Qarshi shahri

  • 09:00 — Mehmonlarni kutib olish.

  • 09:00-12:00 — Qarshi shahri bo'ylab sayohat: Xo'jai Jarrox ziyoratgohi, Ko'k gumbaz va Odina masjidlari, Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi.
  • 12:00-13:30 — Tushlik.
  • 13:30-14:30 — Amir Temur ko'prigiga borish va Qashqadaryo daryosi bo'yida sayr.
  • 14:30-17:00 — Qilichboy, Xoja Abdulazizxon va Bekmir madrasalariga tashrif.
  • 17:00-18:30 — Vatanparvarlik bog'iga tashrif.
  • 18:30-19:00 — Mehmonxonaga qaytish.
  • 19:00-20:30 — Kechki ovqat (mahalliy restoran).

2-KUN — Shahrisabz shahri

  • 07:30-10:30 — Mehmonxonada nonushta. Shahrisabz shahriga yo'l olish.
  • 10:30-13:00 — Shahrisabz tarixiy markaziga sayohat (YUNESKO (UNESCO) ro'yxatidagi muhofaza va bufer hududlar). Jumladan: Dorut-Tilovat majmuasi (XIV asr), Dorus-Saodat majmuasi (XIV asr).
  • 13:00-14:00 — Tushlik (oilaviy mehmon uyi).
  • 14:00-15:00 — Oqsaroy majmuasiga tashrif (XIV asr).
  • 15:00-17:30 — Muzeylarga tashrif: Amir Temur muzeyi, Maqom muzeyi.
  • 17:30-19:30 — Xaridlar (Shahrisabz qadimiy bozori).
  • 19:30-21:00 — Kechki ovqat (mahalliy restoran).

3-KUN — Kitob shahri

  • 07:30-09:30 — Mehmonxonada nonushta. Kitob shahriga yo'l olish.
  • 09:30-12:30 — Kitob shahriga yetib borish. Hazrati Bashir ziyoratgohiga tashrif (tog' etagi).
  • 12:30-13:30 — Tushlik (oilaviy mehmon uyi).
  • 13:30-15:00 — Muhammad Imkonagiy ziyoratgohiga tashrif (Naqshbandiya tariqati shayxi).
  • 15:00-16:30 — Darvesh Muhammad Vaxshivoriy ziyoratgohiga tashrif (Naqshbandiya tariqati shayxi).
  • 16:30-18:30 — Uzunkir va Podayotoqtepa arxeologik yodgorliklariga tashrif.
  • 18:30-20:00 — Kechki ovqat (mahalliy restoran).
  • 20:00-22:00 — Kitob kenglik stansiyasi (Latitude Station) bo'ylab ekskursiya.

4-KUN — Shahrisabz tumani

  • 08:00-09:00 — Mehmonxonada nonushta.
  • 09:00-10:30 — Miraki qishlog'i va Hisorak suv omboriga ekskursiya.
  • 10:30-12:30 — G'elon qishlog'iga yetib borish.
  • 12:30-13:30 — Tushlik (oilaviy mehmon uyi).
  • 13:30-17:30 — G'elon qishlog'i bo'ylab ekskursiya: Muhammadiy galereyasi, Choyhur bobo suv tegirmoni, Turkituyg'un ziyoratgohi, temirchi ustaxonasi.
  • 17:30-18:30 — G'elon tog'lari bo'ylab piyoda sayr (hiking).

Eslatma: Safar kunlari 1 yoki 2 kunga o'zgartirilishi mumkin. Sayohat vaqti va manzillar sharoitga ko'ra o'zgarishi mumkin. Safarlarni tashkil etishda mahalliy tur-operatorlar xizmatlaridan foydalanish mumkin.


O'zbekiston bo'ylab qulay, xotirjam va xavfsiz sayohat qilmoqchimisiz?

Imkoniyati cheklangan sayohatchilar uchun mos marshrutlar va turpaketlar bo'yicha yordam beramiz: so'rovingizni qabul qilamiz, muhim talablarni aniqlaymiz va uni turistik operatorlarga yetkazamiz — ular sizning ehtiyojlaringizdan kelib chiqib, transport, joylashuv va tashriflar dasturi bo'yicha mos variantlarni taklif qiladi.

Qayerga bormoqchisiz, necha kunga, necha kishi va siz uchun qaysi qulayliklar muhim — yozib qoldiring.

Telegram: @uzbtravelsupport

Telefon: +998 99 444 11 90

Email: info@nationalprcentre.com

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar