Foto va Video

Qishki turizm

44

O‘zbekistonda qish - uzoq vaqt esda qolishi mumkin bo‘lgan alohida sarguzasht. Qishda ob-havo har xil bo‘lishi mumkin: +12 dan -5 gacha. Dekabr oyida ertalab sovuq tushadi, ko‘pincha tumanlar bo‘ladi. Yomg‘ir qorga aylanishi mumkin va kunlarning birida yomg‘ir ovozi bilan uxlab qolib, ertalab qorli ertakda uyg‘onishingiz mumkin. Qor yumshoq va ayni paytda tarang, ayniqsa tog‘larda. Bu tog‘larda qishki sport turlaridan maksimal darajada zavq olish imkonini beradi. Toshkent viloyatidagi Chimyon, Amirsoy, Bildirsoy kabi dam olish maskanlarida o‘zingiz yoqtirgan snoubord, chang‘i, chana, kvadrosikl, qor avtomobili, tyubing bilan shug‘ullanishingiz mumkin. 

Arqon yo‘lining eng baland nuqtasidan tog‘larning qorli cho‘qqilari manzarasidan bahra olishingiz mumkin. Eng issiq qish Surxondaryo viloyatida bo‘ladi, chunki u sovuq havo oqimidan tog‘lar bilan to‘silgan. U yerda noyob tabiiy yodgorliklarni uchratasiz. Ulardan: Qizil kanyoni, Boysun tog‘lari, Xo‘ja Gur Gur ota massivi, Qanbeshbuloq meteorit ko‘li, Sangardak sharsharasi va boshqalar. Yangi yil bayramlarida O‘zbekiston shaharlari o‘zgarib ketadi. Ko‘chalar yorqin va charog‘on bo‘ladi. Hamma joyda svetodiodli zanjirlar, bayramona bezaklar, yangi yil ramzlari o‘rnatiladi. Markaziy maydonlarda ommaviy bayramlar, konsertlar, o‘yinlar o‘tkaziladi. 

Hamma joyda bayram esdalik sovg‘alari sotiladi, jumladan o‘zbek milliy qo‘g‘irchoqlari, qutichalar, taqinchoqlar, Markaziy Osiyo uslubida tayyorlangan turli Yangi yil ramzlari. Yangi yil bayramlarida tomoshalar, teatr va sirk tomoshalari, muz ustidagi tomoshalar o‘tkaziladi. Poytaxtimizdagi yirik “Humo arena” sport majmuasida xokkey, figurali uchish, short-trek va kyorling bo‘yicha sport musobaqalarini tomosha qilish mumkin. Savdo va ko‘ngilochar markazlarga va konkida uchish arenalariga tashrif buyurishni unutmang, chunki bunday o‘yin-kulgilar kattalarni ham, bolalarni ham birday hayratda qoldiradi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring