Foto va Video

Yozgi turizm

55

Oʻzbekistonda yoz juda issiq va quruq. Yog‘ingarchilik yozda deyarli bo‘lmaydi va hatto tog‘li hududlarda ham kamdan-kam uchraydigan hodisaga aylanadi. Issiq ob-havo may oyining oxiridan boshlanadi va sentyabr oyining o‘rtalariga qadar davom etadi. Kunduzi havo harorati o‘rtacha +38 darajaga yetishi mumkin, kechasi esa +25 atrofida turadi. 

Biroq yoz O‘zbekiston bo‘ylab, ayniqsa, tog‘li hududlar va cho‘l o‘rtasidagi vohalarga sayohat qiluvchilar uchun sevimli fasl bo‘lib qolmoqda. Bunday joylarda havo harorati shaharlarga qaraganda sezilarli darajada pastroq va toza. O‘zbekistonda sohilda dam olish uchun ajoyib joylar bor. Bu go‘zal manzaralari, maftunkor go‘shalari va shifobaxsh buloqlari bilan haqiqiy tabiiy mo‘jizadir. Siz Toshkent viloyatiga, butun Markaziy Osiyoning eng ajoyib maskanlaridan biri – Chorvoq suv omboriga borishingiz mumkin. G‘arbiy Tyan-Shan tog‘lari orasida siz suv atraksionlarida sayr qilishingiz, sohilda quyoshda toblanishingiz, so‘rida yotgan holda qoyatoshlar, osmon va moviy suvlardan zavq olishingiz, shuningdek, bu go‘zallikning barchasini qush parvozi balandligidan ko‘rishingiz mumkin. 

Zomin milliy bog‘i shifobaxsh tabiat o‘lkasi hisoblanadi. Bu yerda o‘nlab sanatoriylar, dam olish uylari, bolalar oromgohlari mavjud. Bog‘ hududida go‘zal sharsharani, 700 yoshli yong‘oq daraxtini, 1000 yillik archalarni ko‘rishingiz, buloqdan suv ichishingiz va ot minishingiz, o‘tov lagerida yashab, baliq ovlashingiz mumkin. Yana bir manzil - Tuzkon ko‘li esa “yovvoyi” dam olish uchun ajoyib joy. Bu yerda sayohatchilar katta shaharlardan uzoqda, sohilda chodirda joylashadilar, gulxan yoqadilar va quyosh botishini tomosha qiladilar. Yozda eng mazali rezavorlar, mevalar, sabzavotlar va poliz ekinlari mavsumi boshlanadi. Dehqon bozorlarida savdo rastalari tom ma’noda tabiat in’omlarining ko‘pligidan sinib ketay deydi. Bu yerdagi o‘rik, nok, shaftoli va anjirni boshqa joyda tatib ko‘ra olmaysiz. O‘zbekiston qadimdan o‘zining mazali mevalari bilan mashhur bo‘lgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring