Foto va Video

Qizilqum cho‘lining qizg‘ish qumlari

150

Горячее солнце, горячий песок,

Горячие губы - воды бы глоток,

В горячей пустыне не видно следа,

Скажи, караванщик - когда же вода?


Qo‘shiqdagi bu satrlar Navoiy viloyatidagi Qizilqum cho‘lining markazida joylashgan Uchquduq shahriga bag‘ishlangan. Agar siz fazodan olingan suratlarga qarasangiz, cho‘lning markazida ham, uning chekkalarida ham bir nechta suv omborlarini ko‘rishingiz mumkin. Cho‘lga suv qayerdan keladi, nima uchun qurib qolmaydi – bu ko‘pchilik uchun sir bo‘lib qolmoqda. Sahroning asosiy qismi O‘zbekiston hududida, shuningdek, Qozog‘iston va qisman Turkmanistonda joylashgan. Cho‘lda yorqin qizil qumtepalardan iborat keng maydonlar bor, shuning uchun ham cho‘l Qizilqum deb nomlangan. Shimoldan janubga cho‘zilgan qumtepalarning balandligi 70 metrgacha yetishi mumkin. Orol dengiziga yaqinroqda gil tuprogʻiga xos yoriqlar boʻlgan shoʻr botqoqlar va taqirlar bor.

Iqlimi keskin kontinental va qurgʻoqchil (qurgʻoq) bo‘lishiga qaramasdan, qumli-toshli Qizilqum choʻli hududi boy oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ega. Bu yerda yovvoyi lolalar, oq va qora saksovullar, Rixter sho‘rxo‘jalari, yantoq, shuvoq, lolaqizg‘aldoqlarni uchratish mumkin. Hayvonot olami vakillaridan jayronlar, dasht tulkilari, Oʻrta Osiyo olmaxonlari, boʻrilar, xoldor mushuklar, droflar, choʻl burgutlari, musichalar, shuningdek, koʻplab ilon va sudralib yuruvchilar yashaydi. Qizig‘i shundaki, cho‘lda bir nechta Qizilqum ko‘llari va tog‘ massivlarini uchratishingiz mumkin: Tomditov (balandligi 922 metr), Kuljuktov (balandligi 785 metr), Bukantov (balandligi 764 metr). Uchquduqdan uncha uzoq boʻlmagan joyda uran qazib olinadi. Zarafshon tog‘lari yaqinida dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biri joylashgan. 

Jonsiz cho‘lda qadimgi odam yashay olmaydigandek go‘yo, ammo Bakantov tog‘ tizmasi hududida neolit davriga oid odamlarning tasviri tushirilgan qadimgi qoyatosh suratlarini ko‘rish mumkin. Uncha katta bo‘lmagan Lavlakon ko‘llari yaqinida ko‘plab aholi manzilgohlari topilgan va taqdiq qilingan, ularda tosh asboblar va ularni ishlab chiqarish ashyolari topildi. Lavlakon ko‘llarida qadim zamonlardan buyon tuz qazib olingan va bu amaliyot hozirgi kungacha davom etmoqda. Bugungi kunda Qizilqum cho‘li yaxshi o‘rganilgan. Navoiy viloyatida bir qancha ekoturizm markazlari va o‘tov lagerlari bor, ularda istagan kishi qolib, haqiqiy dasht ko‘chmanchilarining turmush tarzini his qilishi mumkin.    



Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring