Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: ichki, ziyorat va arxeologik turizm bo‘yicha 4 kunlik tur dasturi

117

Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida ichki, ziyorat va arxeologik turizm yo'nalishlari bo'yicha 4 kunlik tur dasturi


1-KUN — Janubiy yo'nalish

Beruniy, Ellikqal'a va Amudaryo tumanlari

  • 08:00-09:30 — Mehmonlarni kutib olish (nonushta). Nukusdan jo'nash.
  • 09:30-10:30 — Beruniy tumaniga yetib borish. "Ayazkala" (1, 2, 3) arxeologik yodgorliklariga tashrif.
  • 10:30-11:00 — "Qirq qiz qal'asi" arxeologik yodgorligiga tashrif.
  • 11:30-13:00 — "Tuproqqal'a" arxeologik yodgorligiga tashrif.
  • 13:00-14:30 — Tushlik.
  • 14:30-15:30 — "Qizil qal'a" arxeologik yodgorligiga tashrif.
  • 15:30-16:00 — "Sulton Uvays bobo" ziyoratgohiga tashrif.
  • 17:00-18:30 — "Chilpik" arxeologik maskaniga tashrif.
  • 18:30 — Nukusga qaytish va mehmonxonaga joylashish.
  • 19:00-20:00 — Kechki ovqat.

2-KUN — Shimoliy yo'nalish

Mo'ynoq tumani

  • 07:30-08:30 — Mehmonxonada nonushta. Mo'ynoq tumaniga jo'nash.
  • 09:30-11:30 — "Hakim ota Sulaymon Boqirg'oniy" majmuasi, "Jantemir ishon" va "Ajiniyoz bobo" maqbaralariga tashrif.
  • 12:00-14:00 — Orol dengizi tarixi muzeyi va Orol kemalari (ship cemetery) hududiga tashrif.
  • 14:00-15:30 — Tushlik.
  • 15:30-17:30 — Ekologiya muzeyiga tashrif.
  • 17:30-18:30 — Kechki ovqat.
  • 19:00 — Nukusga qaytish va mehmonxonaga joylashish.

3-KUN — Sharqiy yo'nalish

Chimboy va Kegeyli tumanlari

  • 07:30-08:30 — Mehmonxonada nonushta. Chimboy tumaniga jo'nash.
  • 09:30-10:30 — Chimboy tumanidagi "Madaniy manzil"ga tashrif (Berdax shoir, Kunkhoja shoir va Aximbet baxshi maqbaralari).
  • 10:30-12:00 — "Qora uy" ustaxonalari va Qoraqalpoq milliy zargarlik ustaxonalariga tashrif.
  • 12:00-13:00 — Tushlik.
  • 13:00-14:30 — Kegeyli tumanidagi "Ishon qal'a" ziyoratgohiga tashrif.
  • 14:30-16:00 — "Shibiliy ota" ziyoratgohiga tashrif.
  • 17:00 — Nukusga qaytish va mehmonxonaga joylashish.

4-KUN — Markaziy yo'nalish

Nukus shahri va Xo'jayli tumani

  • 08:00-09:00 — Mehmonxonada nonushta.
  • 09:00-11:30 — Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat san'at muzeyiga tashrif.
  • 11:30-13:00 — Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyiga tashrif.
  • 13:30-14:30 — Tushlik.
  • 14:30-16:30 — Xo'jayli tumanining tarixiy ob'ektlariga tashrif (Mazlumxon sulu, Shamun Nabi, Rejeb xalifa maqbaralari, Jumart qassob tepaligi, Gauir qal'a yodgorligi).
  • 17:00 — Qaytish.

Eslatma: Sayohat kunlari 1 yoki 2 kunga o'zgartirilishi mumkin. Sayohat vaqti va manzillar turli sharoitlarga ko'ra o'zgarishi mumkin. Sayohatlarni tashkil etishda mahalliy tur-operatorlar xizmatlaridan foydalanish mumkin.


O'zbekiston bo'ylab qulay, xotirjam va xavfsiz sayohat qilmoqchimisiz?

Imkoniyati cheklangan sayohatchilar uchun mos marshrutlar va turpaketlar bo'yicha yordam beramiz: so'rovingizni qabul qilamiz, muhim talablarni aniqlaymiz va uni turistik operatorlarga yetkazamiz — ular sizning ehtiyojlaringizdan kelib chiqib, transport, joylashuv va tashriflar dasturi bo'yicha mos variantlarni taklif qiladi.

Qayerga bormoqchisiz, necha kunga, necha kishi va siz uchun qaysi qulayliklar muhim — yozib qoldiring.

Telegram: @uzbtravelsupport

Telefon: +998 99 444 11 90

Email: info@nationalprcentre.com

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar