Foto va Video

Qorong‘u yulduz g‘ori - Osiyoning yer osti Everestmi

2460

Bu yer osti Everestmi? Mashhur “National Geographis” jurnalining Britaniyalik muallifi Mark Sinott maqolasi shunday nomlanadi.

Xalqaro ekspeditsiya tadqiqotchilari O‘zbekistondagi olis tog‘ tizmasi ostida dunyoning eng chuqur g‘origa olib boradigan labirintga chuqurroq kirib borishmoqda.


Yozuvchi Mark Sinott Boysuntog‘ning ilon izidek qoyalariga ko‘tariladi. Ushbu ohaktosh devor ichida noyob yer osti olami yotadi. Hozirgacha sakkizta ekspeditsiya Qorong‘u yulduz g‘orini tadqiq qilgan. G‘or qanchaga cho‘zilishini hech kim bilmaydi. Qorong‘u yulduzning betakror er osti ko‘llari o‘zining chuqurligi va betakror go‘zalligi bilan tadqiqotchilarni hayratga soladi.

G‘orning tashqarisida harorat tabiat taʼsiridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda 30° F dan 37° F gacha o‘zgarib turadi: jamoa aʼzolari chuqurlashishi bilan ko‘k muzlar yalang‘och toshlar bilan almashadi.

Muallifning yozishicha, u qiyin ahvolga tushib qolgan, chunki u asosan, ingliz tilida gaplashmaydigan 31 kishilik ekspeditsiya bilan, O‘zbekistonning olis burchagida joylashgan ushbu ulkan ohaktosh tog‘ tizimini o‘rganish uchun shartnoma tuzgan.

Ruslar g‘orga kirishni 1984 yilda kashf etdilar, ammo Britaniyaliklar birinchi bo‘lib unga etib kelishdi va 1990 yilda tizimni o‘rganishni boshladilar; ular unga 1970 yillardagi Amerikaning satirik-fantastik filmi sharafiga nom berishgan. Keyingi o‘n yilliklarda Qorong‘u yulduz uning yonida joylashgan «Festivalnaya» g‘ori bilan birgalikda dunyoning turli burchaklaridan ashaddiy speleologlarni jalb etdi.

Ushbu ulkan tizimning jozibasi shundaki, bu tog‘lar alpinistlar uchun katta imkoniyatlarga ega – bitta farq bilan: biz Everest Yerning eng baland cho‘qqisi ekanligini bilamiz, ammo yangi va ulkan yer osti bo‘shliqlarini zabt etish uchun imkoniyatlar deyarli cheksizdir. Yer po‘stlog‘i ostida yashiringan narsadan ko‘ra Marsning relyefi haqida ko‘proq maʼlumot mavjud. Gruziya Respublikasidagi Kruber g‘ori hozirgi kunda maʼlum bo‘lgan eng chuqur g‘or bo‘lib, chuqurligi 7208 futga yetadi. Ammo Qorong‘u yulduz o‘zining hali o‘rganilishi kerak bo‘lgan joylarining soni bilan ushbu unvonni olishga asosiy nomzoddir.

Bugungi kunga qadar, sakkizta ekspeditsiya Qorong‘u yulduzning 11 chaqirimga teng o‘tish joylari aniqlagan, ularning eng chuqur joyi yer sathidan 3000 fut pastda.


Muzdan iborat kristallar “Oy yo‘lagi” koridorini to‘ldirib turadi. Ushbu 820 futlik yo‘l – Qorong‘u yulduzning topilgan yo‘laklari orasida eng katta yo‘lakdir. Butun g‘or tizimi geologik vaqt kapsulasidir: mineral konlar mahalliy iqlimning ming yillik tarixini ochib beradi.

Maqolaning to‘liq versiyasi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring