Foto va Video

BBC Samarqandni Markaziy Osiyoning “yangi javohiri” deb atadi

16.01.2024 161

Buyuk Britaniyaning yetakchi ommaviy axborot vositasi – BBC o‘z saytida Samarqandni “Markaziy Osiyoning yangi javohiri” deb e’tirof etdi.

BBC jurnalisti o‘z maqolasida Samarqand haqidagi taassurotlarini bayon qilib, unda yangidan barpo etilgan “Silk Road Samarkand” majmuasini ham tilga olgan.

“Silk Road Samarkand” turizm majmuasi Amir Temur qurdirgan binolar kabi ulug‘vordir. Sakkizta osmono‘par zamonaviy, hashamatli mehmonxonalar va sog‘lomlashtirish markazlari binolari Sovet Ittifoqi davrida bir qator chempionlarni tarbiyalagan eshkak eshish sportida foydalanilgan keng kanal atrofida to‘plangan”, deyiladi maqolada.

Shuningdek, shaharning Shohi Zinda kabi qadamjolari, bozorlar va tarix hamda zamonaviylik uyg‘unlashgan mashhur sayyohlik markazlari haqida so‘z yuritiladi.

BBC muxbiri mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni ham qayd etib o‘tgan. Maqolada u sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish hamda ochiqlik va bag‘rikenglik siyosati bilan yangi O‘zbekistonning barpo etilayotganligini qayd etgan.

“Bir paytlar millionlab oʻzbeklarni (jumladan, bolalarni) dalaga paxta terimiga majburlagan majburiy mehnatga to‘liq barham berilgan”,  deyiladi maqolada.

Maqola bilan quyida to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin: https://www.bbc.com/travel/article/20240110-central-asias-glittering-new-silk-road-jewel

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing