Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Qovun sayli – qovun bayrami

16

Qadim zamonlardan buyon O‘zbekiston zamini o‘zining xushbo‘y qovunlari bilan mashhur bo‘lib kelgan. O‘rta asrlarda poliz mevalari pisha boshlaganda, dehqonlar barcha oqsoqollarni, qo‘ni-qo‘shnilarni, qarindosh-urug‘larni chaqirib, xushbo‘y qovunlar va ajoyib taomlar bilan ziyofat berganlar, shuningdek, qishda iste’mol qilish uchun bir nechta qovunni uyga ham berib yuborganlar. 

Ziyofat paytida oqsoqollar xonadon egasiga mo‘l hosil va uning yaxshi saqlanishini tilab duo qilishardi. Bugungi kunda O‘zbekiston hududlarida qovunning turli navlari namoyish etiladigan festivallar o‘tkazilmoqda. Ularning betakror xushbo‘y hididan boshingiz aylanib ketadi. Chillaki, ko‘kcha, ko‘k do‘ppi, qizil qovun, obi novvot, jo‘ra qand, Mirzacho‘l qovuni kabi navlar shular jumlasidandir. 

Har bir tashrif buyuruvchiga poliz ekinlari va turli xil taomlardan tatib ko‘rish imkoniyati beriladi. Bundan tashqari, boshqa mevalar pishgan kunlarda anor, olma, uzum, anjir, asal ko‘rgazmalari ham tashkil etiladi. Ayniqsa, bog‘dorchilikka ixtisoslashgan hududlarda yirik festivallar o‘tkaziladi. Farg‘ona vodiysi, Sirdaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro, Samarqand viloyatlari yildan-yilga musaffo tabiat qo‘ynida mehr-u muhabbat bilan yetishtirilgan lazzatli mevalari bilan faxrlanib kelmoqda.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar