Quruqsoy darasidagi qoyatosh rasmlari va “poklanish toshlari”

3524

Sayyoramizda tabiatning tasavvur qilib bo‘lmaydigan go‘zalligi va ibtidoiy odamlarning izlarini birlashtiradigan juda ko‘p noyob joylar mavjud. Quruqsoy darasi chindan ham sirli joy. Sayyoramizning olis burchagi, go‘yo begona ko‘zdan yashirinayotgan kabi, Qashqadaryo viloyatida, Jizmonsoy qishlog‘ida joylashgan

Bu yerda tog‘larning, o‘simliklarning va g‘aroyib tosh shakllarining betakror go‘zalligidan tashqari, osmonda baland uchgan burgutlar, buloqlar va tosh asrining qadimiy qoyatosh rasmlari ham bor. Siypantosh (mahalliy aholi uni shunday deb ataydi) qoyatoshidagi rasmlarda qadimgi odamlar, yovvoyi otlar, bo‘rilar, kulonlar, tulkilar, tuyalarni ovlash sahnalari aks ettirilgan va va hatto qo‘l izlarini ham mavjud. Keyingi davrlarga xos bo‘lgan rasmlar ham saqlanib qolgan bo‘lib, ularda qadimgi odamlarning kamon va o‘rgatilgan itlar yordamida qanday ov qilganliklari aniq ko‘rsatib berilgan.

Bu yerda hayratlanarli “poklanish toshlari” ham bor. Odatda, bunday toshlar katta harsangga o‘xshaydi, ularning o‘rtasida va pastki qismida inson qulog‘iga o‘xshash yo‘lak bor. Mahalliy afsonalarga ko‘ra, bunday toshning ichidan o‘tilsa, gunohlardan butunlay poklanish mumkin.

Qiziqarlisi shundaki, toshning ichidan o‘tishi insonning o‘lchamlari emas, balki uning gunohkorlik darajasiga bog‘liq. Baʼzida katta gavdali odam hech qanday qiyinchiliksiz tosh qulog‘idan o‘tib ketadi, ozg‘in odam esa tiqilib qoladi. Bu – toza va maftun etadigan darajada go‘zal, siru-sinoatlarga boy, afsunkor Qashqadaryo

Surat manbai: mr-shor.livejournal.com

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring