Foto va Video

Qutayba ibn Muslim maqbarasi

5913

Andijon viloyati O‘zbekistonning eng qadimiy va betakror viloyatlaridan biridir. Ko‘p asrlar davomida bu hudud o‘zining qadimiy ziyoratgohlari bilan mashhur. Bular orasida islom dinini Oʻrta Osiyo hududiga birinchi olib kirgan arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim maqbarasi munosib oʻrin egallaydi.

Andijon viloyatidagi Jalaquduq tumanidagi “Qilichmozor” mahallasida bir tabarruk maskan boʻlib, u Qutayba ibn Muslim nomi bilan uzviy bogʻliqdir. Bu joy bilan bog‘liq ko‘plab afsonalar xalq orasida avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. Ming yillar muqaddam bu hududdan arab qo‘mondoni o‘tgan bo‘lib, Qutayba ibn Muslim tegib o‘tgan qadimgi daraxt o‘smoqda deya ishonishadi. Afsonaga ko‘ra, qadimiy qarag‘ayning tanasidan tomayotgan sharbat odamga kuch-quvvat va sog‘liq baxsh etadi.

Qutayba ibn Muslim kim bo‘lgan va u yurtimiz tarixida qanday iz qoldirgan?

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qutayba ibn Muslim ibn Umar ibn Husayn ibn Robiya ibn Xolid ibn Usayd al-Hayd 661-yilda hozirgi Iroq davlati qadimgi Shomda Boksili hududida tug‘ilgan. U eng qadimiy arab qabilasining Bahiliy qavmidan bo‘lgan. Taniqli arab lashkarboshisi, tashkilotchilik qobiliyati va jangovar mahorati tufayli 704-yilda Xurosonga hokim etib tayinlanadi. Aynan Qutayba arablarning Oʻrta Osiyo, soʻngra Movarounnahrga bostirib kirgan yurishlarining asosiy tashkilotchilaridan biri sanaladi. Xalifalik hududi bilan yangi boʻysunmagan yerlar orasidagi yerlarni uzoq vaqt ajratib turgan Amudaryodan oʻtib, Qutayba qoʻshinlari 708-yilda Keshni, 709-yilda Buxoroni, 712-yilda Xorazm va Samarqandni, 713-yilda Choshni (Toshkent) egalladi. 714-yilda uning qoʻshinlari Fargʻona vodiysini egalladi.

Qutayba ibn Muslimning Movarounnahrga kelishi bilan mahalliy hududlarni islomlashtirish boshlandi. Masalan, Buxoroda juma namozi dinni yangi qabul qilgan aholi ishtirokida o‘qila boshlangan va ular hali arab tilini, namoz so‘zlarini bilmagani uchun Qur’on tafsiri fors tilida bo‘lgan.

Qutayba ibn Muslim Movarounnahrda qariyb 13 yil yaqin hukmronlik qildi va 48 yoshida yangi saylangan xalifa Sulaymonga itoat etishdan bosh tortgan qoʻzgʻolonchilar tomonidan boshi tanasidan judo qilindi.

Arab qo‘mondoni aynan qayerda o‘ldirilgani noma’lumligicha qolmoqda. Taxminlarga ko‘ra u Xurosonda vafot etgan va dafn etilgan, boshqa bir taxminga ko‘ra uning dahmasi Farg‘ona vodiysida joylashgan.

Qadimgi tarixchi Narshaxiyning qo‘lyozmasida arab sarkardasining qabrlaridan biri “Mozor-buva” nomi bilan qayd etilgani keltirib o‘tilgan.


lik ustalar Amir Temurning buyrug‘i bilan katta maqbara barpo etishgan. O‘sha paytda maqbaraning maydoni 5 gektar hududni egallagan bo‘lib, maqbaraning o‘zi 20 metr balandlikka yetgan. Sovet davrida (1935 y) mafkuraviy sabablarga ko‘ra maqbara vayron qilingan va mustaqillik yillarida qayta u qayta tiklangan.

Bugungi kunda maqbara keng kirish yo‘lagiga ega bo‘lgan encha katta bo‘lmagan g‘ishtli bino ko‘rinishida saqlanib qolgan. Kirish joyi bino tashqi ko‘rinishining yuqori va pastki qismlari bo‘ylab ishlangan kichik dekorativ g‘ishtlar bilan bezatilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring