Foto va Video

Quyi – Amudaryo davlat biosfera rezervati

8491

O‘zbekistonda, ko‘plab biotsenoz va ekotizimlarni qamrab oluvchi ancha keng muhofaza ostidagi hududlar tarmog‘i mavjud. Mamlakatimizda, Quyi-Amudaryo rezervati bilan hisoblaganda 9 qo‘riqxona, 2 Milliy tabiat bog'i, noyob hayvonlarni ko‘paytirish bo‘yicha Respublika markazi (Jayron ekomarkazi), 12 ta davlat buyurtma qo‘riqxonasi mavjud. Muhofaza ostiga olingan hududlarning umumiy maydoni, 20520 km² ni (butun O‘zbekiston hududining 5% foizi) tashkil qiladi.
Нижне-Амударьинский государственный  биосферный резерватHozirgi qo‘riqxona asosida dastlab 1939 yilda “Primorskiy qo‘riqxonasi” tashkil etildi, ammo u 1941 yilda tugatilib 1971 yilda “Baday-To‘qay” qo‘riqxonasi sifatida yana qayta tashkil etildi. Qo‘riqxonani rivojlantirishga O‘zbekistonda birinchi marta Buxoro kiyiklarini qayta iqlimlashtirish bilan shug‘ullangan qo‘riqxonaning birinchi direktori Viktor Pavlovich Lim, alohida hissa qo‘shgan. Uning ilmiy va amaliy faoliyati “O‘zbekiston hududida yovvoyi tabiatni muhofaza qilish: tarix va zamonaviylik” monografiyasida va 70 dan ortiq ilmiy maqolalarida aks etgan.
Бухарский олень в Нижне-амударьинском биосферном резервате2011 yilda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. U Qoraqalpog‘iston hukumati, BMT Taraqqiyot dasturi va “To‘qayzorlarni saqlash va Qoraqalpog‘istondagi Amudaryo deltasida qo‘riqlanadigan hududlar tizimini mustahkamlash” Global ekologik fondi qo‘shma loyihasi doirasida yaratilgan. Rezervat, yovvoyi tabiatning qimmatli go‘shalarini saqlab qolish bilan birga mintaqaning iqtisodining barqaror rivojlanishiga ham yordam beradi. Biosfera rezervatining umumiy maydoni – 68717,8 gektar, shundan 11 568.3 gektari qattiq tartibda qo‘riqlanadigan qo‘riqxonadir; 6731.4 gektari bufer va 50 418.1 gektari oraliq zonani tashkil qiladi.

Rezervatning hayvonot va o‘simliklar olami juda boy. Rezervatda, uzun quloqli tipratikon, mitti ko‘rshapalak (нетопырь-карлик), tolay-quyoni (заяц-толай), qumsichqon, to‘qay chakalakzorlarida yashiringan shoqol va daraxtlar va butalar orasidagi bo‘rsiq yashaydi. Qo‘riqxonada, tuyoqlilarning ikki asosiy turi mavjud: yovvoyi cho‘chqa va Buxoro kiyigi (Qizil kitobga kiritilgan Xongul). Buxoro kiyiklari qo‘riqxonada qayta iqlimlashtirilgan. Ular, bir vaqtlar Amudaryo havzasi va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan.

Quyi-Amudrayo davlat biosfera rezervati hududida, quyidagi madaniy-tarixiy meros ob’ektlari mavjud:

  • Chilpiq. Ziyorat inshooti e.a. II-IV - IX-XI asrlar.
  • Janpiq-qal’a. Qadimiy shahar e.a. IX-XI - XIII-XIV asrlar
  • Gyaur qal’a qadimiy shahri e.a. II – IV asrlar.
  • Janpiq-qal’a yaqinidagi signal minorasi (Qo‘yonchiq-soy) X- asr boshi XIII asrlar.
  • Sulton Vois Bobo maqbarasi e.a. XIV asr.
  • Qadimiy Qiyot shahri XII-XIV asrlar.

Башня Чилпык

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring