Foto va Video

Rossiyaning “Uduvi menya” teledasturi endi O‘zbekistonda

22.09.2021 550

2021-yilning 19-23-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi ko‘magida shaharlarimizda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan “Uduvi menya” - “Meni hayratga sol” teledasturining navbatdagi soni suratga olinadi.

Rossiyaning “Moya planeta” telekanali tomonidan “Uduvi menya” “Meni hayratga sol” teledasturida tomoshabinlarni diqqatga sazovor joy va an’analar bilan tanishtirib, sayyoramizning turli qismlari haqida hikoya qilinadi.

Teleboshlovchilarning vazifasi – sayohat jarayonida “erkak” va “ayol”lar uchun faol mashg‘ulotlar taklif qilishlari, yakunda esa ikkala sayohatchiga ham o‘tkazilgan vaqt ma’qul bo‘lishi lozim. Faollikning barcha turlari har doim mezbon mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari, an’anaviy taomlar va o‘ziga xos noan’anaviy g‘oyalar bilan bevosita bog‘liq. Dastur natijalariga ko‘ra, tomoshabin eng yaxshi “erkak” va “ayol”lar uchun o‘yin-kulgi uchun maxsus reytingni, shuningdek, birgalikda dam olish uchun ajoyib g‘oyalarni olishlari mumkin.

7 nafar vakildan iborat loyihaning ijodiy guruhi allaqachon Toshkent va Samarqand viloyatlariga tashrif buyurdilar, guruh Buxoro va Navoiy viloyatining diqqatga sazovor joylari: Nurota, Qizilqum cho‘li va Aydarko‘lga borishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil mart oyida “Moya planeta” telekanali ijodiy jamoasi O‘zbekistonda “Lazzat sehri” dasturining bir nechta epizodlarini suratga olgan edi – “Lazzat sehri” – “O‘zbekiston Xiva”, “Samarqand va Buxoro” va “O‘zbekistonda Navro‘z”.

“Uduvi menya” dasturining O‘zbekiston haqidagi keyingi qismi uchun 44 daqiqa ajratilgan va ko‘rsatuv premyerasi 2021-yilning noyabr oyida, hafta davomida har kuni (shu jumladan yil davomida) qayta efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

Rossiyaning “Moya planeta” telekanalining doimiy auditoriyasi Rossiyada 30 million, MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida 5 million kishini tashkil etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing