Foto va Video

Samarqanddagi Amir Temur bog‘i sayyohlik mahallasiga aylantiriladi

1623

Samarqand yaqinidagi Bog‘ibaland qishlog‘ida sayyohlik mahallasi tashkil etiladi.

Amir Temur Garden i

Bog‘ibaland manzarali bog‘i – bu Amir Temurning o‘n ikkita bog‘laridan biri bo‘lib, Zarafshonning chap qirg‘og‘idagi Cho‘ponota tog‘lari etagida joylashgan va shu sababli o‘z nomiga ega bo‘lgan. Qadimiy bog‘' “Boburnoma”da ham eslatib o‘tilgan bo‘lib, uni Buyuk Amir Temur sevimli nevarasi Oqabegim –  Mironshohning qizi uchun qurdirgan edi.

 tourist mahalla

Har qanday go‘zallikning qadriga yetgan Buyuk Amir Temur nafaqat qattiqqo‘l hukmdor va shaharsoz bo‘lgan. O‘lka tarixini asrab-avaylaydigan, mahalliy anjirlarni yetishtirishning o‘ziga xos sirini bilgan va uni avloddan-avlodga yetkazadigan mahalliy aholi ham buni tasdiqlaydi.

Noyob bog‘ni sayyohlik ob’yektiga aylantirish g‘oyasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Samarqand Turizmni rivojlantirish boshqarmasiga tegishlidir.

Bugungi kunda mahallada turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish va sayyohlar uchun dasturni yaratish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan. Masalan, anjir yetishtirish bilan shug‘ullanadigan fermer xo‘jaliklari mehmonlar uchun dam olish joylarini tashkil etish bo‘yicha ishlarni boshladilar. Bu yerda qadimiy Sharqning muhitini yaratish uchun milliy uslubdagi soyabonli supalar va shiyponlar o‘rnatildi. Sayyohlik mahallasiga tashrif buyuruvchilar milliy taomlardan bahramand bo‘lishlari, buni  toza havoda amalga oshirishlari,  300 yoshli anjir daraxtlarini ko‘rishlari, hosilni yig‘ib terish va shirinliklar: quritilgan mevalar hamda turli xil murabbolar va shinnilarni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Sayohat dasturida tarixiy obidalar, gilam to‘qish fabrikasi va tibbiy turizm ob’yektlarini ziyorat qilish ko‘zda tutilgan.

Amir Temur Garden in Samarkand

O‘tgan yiliyoq qadimiy bog‘ga olib boradigan yo‘llar tartibga keltirildi, turar joy va savdo majmualari, madaniy va ko‘ngilochar markazlar, ovqatlanish va sanitariya-gigiyena inshootlari qurilishi boshlandi. Shuningdek, mahallada Wi-Fi zonalari ishlashi ta’minlanadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring