Foto va Video

Samarqanddagi Kiyev g‘ori

846

O‘zbekiston tabiati chinakam noyob va sirlidir.

Samarqand viloyatida, Zarafshon tizmasi etaklarida hozirgacha insoniyat uchun sir bo‘lib kelgan bitta g‘or mavjud.

Kiyev g‘ori 1972-yilda Kiyev speleologiya tadqiqotlari ilmiy laboratoriyasining speleolog olimlari tomonidan topilib, bu nodir hududga shunday nom berilgan.

1972-yildan boshlab bu yerda har yili ilmiy ekspeditsiyalar o‘tkazilib, ular har safar g‘orning yangi chuqurliklarni aniqlaganlar. 1977-yilda Butunittifoq speleologik ekspeditsiyasi g‘or shaxtasining aniq chuqurligi - 990 metr ekanligini aniqlab, chuqurligi qariyb 2 metr bo‘lgan oqava ko‘llar zanjirini topdi.

G‘orning ichida qariyb 100 metr chuqurlikdagi ketma-ket keluvchi vertikal shaxtalar uzunligi 30 dan 50 metrgacha go‘zal yondosh galereyalarni hosil qiladi. Bu yerda havo harorati 3 dan 5 darajagacha.

Oqib tushuvchi suvlar chuqurligi 10 metrgacha bo‘lgan ko‘lga quyiladi, bu g‘orga haqiqatan ham ajoyib qiyofa baxsh etadi. Bu ko‘lga hatto akvalang bilan ham etib bo‘lmaydi, chunki shaxtalarning tor tuynuklaridan o‘tish qiyin.

Izoh

1

Да мне лично кто из вас там хоть рядом был вот вопрос предлогаем все туристские точки Самаркандской области что за кантора такая не понял

Николай Скуба | 17.10.2022

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring