Foto va Video

Sangardak sharsharasi

21486

Sangardak sharsharasi Sariosiyo tumani hududida, Denov shahridan 30 km. va Termiz shahridan 205 km. uzoqlikda joylashgan. Sariosiyo tumani, o‘zining ichki continental subtropik iqlimi bilan mashhur bo‘lib, ushbu iqlim, hududda o‘ziga xos betakror mikroiqlim yaratadi. Bu joylardagi adirlar va tepaliklar yam-yashil o‘simliklar bilan qoplangan. Tuman hududi bo‘ylab Hisor tog‘ tizmasi cho‘zilgan bo‘lib, undan Surxondaryo, To‘palangdaryo, Obizarang va boshqa tog‘ daryolari oqib tushadi.

Bu erdagi eng manzarali joylarda turli xil o‘simlik va hayvonot dunyosi vakillarini uchratis mumkin. Tog‘ hududida jayron, bo‘ri, tulki, quyon, qor qoplonlari va hatto malla ayiq ham yashaydi; tabiatda, archa, pista, bodom, yong‘oq, olma daraxti, zirk, na’matak va boshqa o‘simliklar keng tarqalgan.
Ikki tog‘ tizmasi orasidagi jarliklarda “Xondiza” konchilar qishlog‘i joylashgan bo‘lib, uning aholisi ko‘mir qazib olish bilan shug‘ullangan. Undan atigi 30 km. masofada, go‘zal sharshara joylashgan. Mahalliy aholi orasida tabiatning ushbu diqqatga sazovor joyi haqida ko‘p afsona va hikoyalar yuradi. Aytishlaricha, bu sharsharani ko‘rish uchun qadimgi yunonlar, arablar va butun Movorounnahrning hukmdorlari bu yerga kelishgan.

Sangardak darasidan kirib kelaverishda, sharsharaning tovushi ancha uzoqdan eshitila boshlaydi. Unga etib borganingizdan so‘ng esa, ushbu joylar tabiatining barcha buyukligi va go'zalligini his qilasiz. Sharshara, shunday g‘aroyib xususiyatga ega. Sharshara, tog‘ daryosidan hosil bo‘lmaydi, u g‘orlar, karst daryolaridan kelib chiqadi deb hisoblashadi. Pastga oqib tushayotgan suv, qoyalar va suv o‘simliklari orasidan 20 metrlik balandlikdan pog‘onali sharshara singari oqib tushadi.

Sharsharalar, doim odamlarning diqqatini jalb qilib kelgan, ularni tabiatning mo‘’jizasi, oddiy odamlar uchun ilohiy sovg‘a deb hisoblashgan, shuning uchun ham, Sangardak yaqinida, o‘z afsonasiga ega bo‘lgan ziyoratgoh bor. Sariosiyoning Sangardak deb ataluvchi go‘zal va shiddatli, betakror oqimi, hozirgacha mamlakatimiz bo‘ylab minglab sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring