Foto va Video

Sarmishsoy darasi

4697

Navoiy viloyatining ajablantiradigan joylaridan biri – Sarmishsoy darasi 10 ming yildan ortiq yoshdagi sirli petrogliflari bilan uzoq vaqt sayyohlarni o‘ziga jalb qilib keladi. Sarmyshsay gorge

Barcha qoyatosh rasmlari tosh yoki metall asboblar bilan yorib yozilgan yoki o‘yilgan. Eng qadimgi rasmlar ornamentli-ajur, kontur yoki aralash usulda o‘yilgan.

Dara va uning atroflarida qoyatoshlar yuzasida o‘yilgan 5 mingdan ortiq rasmlar topilgan. Ular qora yoki jigarrang patina bilan qoplangan. Petrogliflarning mavzusi xilma-xil. Bugungi kunda kamida 35 ta tematik rasm va mavzular mavjud – bu yerda odamlarning o‘yma qiyofalari, ularning qurollari va uy-ro‘zg‘or buyumlari, geometrik kompozitsiyalar va ov sahnalarini ko‘rish mumkin.

Cave drawings

Nabotot mavzulari ham bu yerda tez-tez uchraydi – bu turli xil hayvonlar, ularning baʼzilari allaqachon yo‘qolib ketgan. Shuningdek, tog‘ echkisi, arxar, bizon, ibtidoiy buqa, yovvoyi ot, tuya, qulon, kiyik, yovvoyi cho‘chqa, sayg‘oq va jayronlarning rasmlarini ko‘rish mumkin. Rasmlardagi yirtqichlardan: sher, bo‘ri, tog‘ qoploni, shog‘ol , tulki, qoplon va gepard uchrab turadi. Yuqori paleolit madaniyatiga xos bo‘lgan bio-uchburchaklar uslubida yaratilgan tur-buqalarning rasmi alohida qiziqish uyg‘otadi.

Rasmlar bilan bir qatorda Sarmishsoy qoyalari orasida arab tilidagi turli xil yozuvlar ham uchraydi.

Manzil: Navoiy viloyati, Navbahor tumani.

Telefonlar: +99893 001 11 13, +99890 739 25 05, +99878 770 39 44

Xarita

Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring