Foto va Video

Sog‘lom turmush tarzi uchun 10 qadam

11452

Salomatlik – hayotimizning eng muhim tarkibiy qismidir. Siz uni hech qanday pulga sotib ololmaysiz. Sog‘lik - muvaffaqiyat sari birinchi qadam, bu o‘ziga ishonch, chiroyli ko‘rinish, jismoniy kuch va har qanday tahdidlardan himoyalanishdir. Shuningdek, salomatlik bizga yangi hayot berish imkoniyatini tuhfa etadi. Bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini olib borish modaga aylandi: sog‘lom ovqatlaning, sport bilan shug‘ullaning, faol va doimo yosh bo‘ling! Biz sog‘lom turmush tarzini olib boramiz va har qanday yoshda qanday qilib sog‘lom bo‘lish haqida 10 ta foydali maslahat beramiz.

Sport hamma narsaning yechimidir

Sport tanamizni mukammal holatda saqlash uchun juda muhimdir. Olimlar sport turmush tarzi DNK darajasida qarish jarayonini sekinlashtirishini isbotladilar: kundalik mashqlar hujayralar o‘limini oldini oladi va bu jarayonni sekinlashtiradi. Kam xarakatchanlik turmush tarzi semirishni, yurak-qon tomir va immunitet tizimi kasalliklarini va boshqa ko‘plab kasalliklarni keltirib chiqaradi.Jismoniy faollik insonga uzoq umr, salomatlik, sog‘lom asab tizimi, yaxshi qomat va yosh terini saqlab qolishni ta’minlaydi. Shuningdek, sport kun davomida kuch va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi.

Agar siz ishtiyoqli sportchi bo‘lmasangiz, oddiy yurish yoki yugurish bilan boshlang, ba’zida mashinani velosipedga almashtiring, farovonligingizda katta o‘zgarishlarni his qilasiz va sog‘lig‘ingizni ko‘p yillar davomida uzaytirasiz.

Sog‘lom ovqatlanish

Sog‘lom oziq-ovqat bizning uzoq umr ko‘rishimiz kalitidir. Oziq-ovqatlarni sifatli va o‘z vaqtida iste’mol qilish salomatligimizni mustahkamlaydi va yaxshilaydi, bizga jismoniy va ma’naviy quvvat bag‘ishlaydi, turli kasalliklarni oldini oladi.

Parhezshunoslarning ta’kidlashicha, uzoq umr ko‘rish siri aynan sog‘lom va to‘yimli ovqatlanishda, oziq-ovqatni to‘g‘ri iste’mol qilishdadir. Ayni paytda biz barcha hayotiy energiyani, tananing rivojlanishi uchun, faol hayot kechirish, immunitetni saqlash va mustahkamlash uchun biologik muhim oziq moddalardan olamiz.

Sog‘lom ovqatlanish nafaqat cheksiz dietalar va vaznni nazorat qilish, balki sog‘lig‘imiz uchun zarur bo‘lgan barcha moddalar - oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, suv, minerallar, vitaminlarni o‘z ichiga olishi kerak bo‘lgan to‘liq ovqatlanishdir.Bizga kerak bo‘lgan hamma narsa tabiat tomonidan berilgan. Go‘sht, mevalar, sabzavotlar, non va don mahsulotlari, sut mahsulotlari - bularning barchasini oqilona kerakli miqdorda iste’mol qilishimiz kerak.

Afsonaga chek qo‘yamiz. O‘zbek oshxonasi zararli emas!

O‘zbek oshxonasi juda mazali va kaloriyaga boyligiga qaramay ko‘pchilik dietologlar an’anaviy o‘zbek oshxonasini tavsiya etmaydi. Bizning taomlarimizning asosiy kamchiligi bu un mahsulotlarining ko‘pligidadir. Ko‘pincha yaxshi maydalangan un, ko‘p miqdordagi yog‘ va ziravorlar tanamizga salbiy ta’sir qiladi.

Ammo inson tabiati shunday tartibga solinganki, u yashash joyi va iqlimiga mos keladigan mahsulotlarni iste’mol qilishi kerak. O‘zbek oilalarida bolalikdanoq dietologlar yoqtirmaydigan ba’zi ovqatlar, yog‘lar va sut mahsulotlarini organizm mustahkam va barqaror bo‘lishi uchun iste’mol qilishga o‘rgatiladilar.

Oshxonamizda ishlatiladigan har bir ingredientni alohida ko‘rib chiqsak, an’anaviy taom vitaminlar, oqsillar, yog‘lar va uglevodlarga boy - go‘sht, ko‘p miqdordagi sabzavotlar, ko‘katlar va ziravorlar ham mavjud.O‘zbek taomlarining boyligi va ko‘pligi zararli mahsulotlarni sog‘lom mahsulotlar bilan almashtirib, har xil turdagi taomlarni tanlash va tayyorlash imkonini beradi. Masalan, O‘zbekistonda bahorda ko‘k somsa, Navro‘zning bahorgi tengkunlik kunida sumalak tayyorlanadi.
O‘zbek oshxonasining eng katta ijobiy jihati - ko‘p miqdordagi sabzavotlarda. Misol uchun, an’anaviy palovga piyoz, nohat, ikki turdagi sabzi qo‘shiladi - bunday mahsulotlar to‘plamidan foydalanish ichak mikroflorasini va metabolizmni yaxshilaydi. An’anaviy sho‘rva, sabzavotlarning kunlik normasini o‘z ichiga oladi: pomidor, ko‘katlar, kartoshka, sabzi, bulg‘or qalampiri.
O‘zbekistonda nordon sut mahsulotlarini ham yaxshi ko‘rishadi. Qatiq, suzma, go‘ja, ayron ichak faoliyati va umumiy immunitetga ajoyib ta’sir ko‘rsatadi.

Sog‘lom bo‘lishni xohlaysizmi – unda pedalni aylantiring!

Purdue universiteti (AQSh) olimlari muntazam velosiped haydash yurak xastaliklari xavfini 50 foizga kamaytirishini isbotladi. Britaniya yurak jamg‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, agar odamlar sog‘lom bo‘lsa, har yili 10 000 ga yaqin yurak xurujining oldini olish mumkin. Haftada bir necha o‘nlab kilometr velosiped haydash yurak xastaligi xavfini ikki baravarga kamaytiradi.Velosiped nafaqat vazn yo‘qotish va yaxshi jismoniy shaklga ega bo‘lish, balki sog‘ligingiz va immunitetingizni mustahkamlash uchun ajoyib imkoniyatdir.

Yengilgina yugurish – salomatlik garovidir

Yugurish - jismoniy holatni saqlash uchun ajoyib imkoniyat. Ertalabki yugurish butun kun davomida kuch va energiya berishga imkon beradi. Yugurish salomatlik uchun juda foydali, u mushak va asab tizimini mustahkamlashga yordam beradi, qon aylanishini faollashtiradi, yurakni mashq qildiradi va asabiy taranglikni yengillashtiradi. Shuningdek, yugurish – yangi sportchilar uchun yurak faoliyatini meyorlashtiruvchi ajoyib mashqdir.Kechki mashq

Kechki yurish - uzoq umr ko‘rishning yana bir yo‘li. Ushbu passiv sport turi, ayniqsa, keksa yoshdagi insonlar uchun mos keladi. To‘yimli kechki ovqatdan so‘ng ota-onamizning qo‘llaridan ushlagan holda birga sayrga chiqamiz.

Jismoniy mashqlar tomirlardagi tromblar va suyaklarning zaiflashuvi kabi kamchiliklarni oldini olish uchun juda foydali. Masalan, kun davomida mashqlar “o‘tirib ishlovchi” kasb egalariga yoki ish sharoitlari va sog‘lig‘i tufayli uzoq vaqt davomida bir holatda bo‘lishi kerak bo‘lganlar uchun juda ko‘p tavsiya etiladi.

Kechki yurish esa yosh bolalar va ularning ota-onalari uchun tinch uyqu uchun foydalidir.

Sog‘lom uyqu

Uyqu – bizning salomatligimiz uchun juda muhimdir. Inson hayotining davomiyligi uyquning davomiyligiga bog‘liq. Olimlarning ta’kidlashicha, insonning sog‘lom uyqusi kamida 8 soat davom etishi kerak.

Surunkali uyqusizlik tanamizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va jiddiy kasalliklarning rivojlanishiga yordam beradi: yurak-qon tomir tizimi, miya faoliyati yomonlashishi, diabet xavfi, ortiqcha vazn, immunitetning pasayishi va boshqalar.

Ertalabki badantarbiya

Kuningizni sermazmun boshlanishi uchun, ertalabki badantarbiyadan boshlang. Buning uchun uzoq masofaga yugurish va og‘ir mashg‘ulotlar bajarish shart emas. Tungi dam olishni kunduzgi faol ritmga moslashtirishda badantarbiya bilan shug‘illanish maqsadga muvofiqdir.

Muntazam ravshda shunday tartibda bo‘lsangiz, sizni faollik va ko‘tarinki kayfiyat qamrab oladi.Bolalikdan sog‘lom turmush tarzi

Barcha sog‘lom bolalar jismonan faol bo‘ladilar. Ularni bunday bo‘lishiga sport to‘garaklari, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, oilada to‘g‘ri ovqatlanishga hamda jismoniy tarbiyaga o‘rgatish katta ahamiyatga ega.

Bu yerda jismoniy tarbiya va sportni ajratish muhimdir. Jismoniy tarbiya salomatlikni mustahkamlash uchun, sport esa yangi natijalar va g‘alabalarni qo‘lga kiritishdan iborat. Ammo jismoniy tarbiya, sport bilan bir qatorda, har bir bolaning hayotida bo‘lishi kerak.

Biz tabiatning bir qismimiz

Sharqiy Angliya universiteti olimlari tabiat qo‘ynida sayr qilish, salomatlik uchun foydali ekanligini rasman isbotladilar. Ushbu tadqiqot uchun olimlar dunyoning 20 mamlakatidan 300 millionga yaqin odamni to‘plashlari kerak edi.

Tabiatan olimlar nafaqat o‘rmonlar, tog‘lar va qishloq joylarini, balki shahar bog‘lari va suv havzalarini ham nazarda tutishadi. Ularning yonida yashovchi va tabiat qo‘ynida ko‘proq vaqt o‘tkazadigan odamlar sog‘lig‘idan kamroq shikoyat qiladilar. Bu odamlarda yurak va bosh kasalliklari, diabet va yuqori qon bosimi xavfi kamayadi.Darhaqiqat, tabiat qo‘ynida hayot kechirish inson hayoti va sog‘lig‘ini uzaytiradi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring