Foto va Video

“Imkoniyatingizdan ko‘prog‘ini bajaring” shiori ostida badminton musobaqasi bo‘lib o‘tadi

938

2022-yilning 21-22-yanvar kunlari Toshkent shahrining Badminton sport markazida Mudofaa, Adliya, Favqulotda vaziyatlar vazirligi va huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasida “Imkoniyatingizdan ko‘prog‘ini bajaring” shiori ostida badminton sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Bunday sport musobaqalari jismoniy zaiflikni oldini olish va mehnat unumdorligini yanada oshirishda qo‘l keluvchi tadbirlar sirasiga kiradi. 

200 ga yaqin vazirlik va huquqni muhofaza qilish organ xodimlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan musobaqada ayollar va erkaklar g‘oliblik uchun kurash olib boradilar.

Badminton federatsiyasi tomonidan jalb qilingan mutaxassislar o‘yinning haqqoniy va adolatli o‘tishini kuzatib boradilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring