Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

O‘zbekistondagi ov turizmi maskanlari to‘g‘risida ma’lumot

516

Bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari doirasida ov turizmi maskanlarini tashkil etish va rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari, ekomarkazlar, milliy tabiat bog‘lari va tabiat yodgorliklari hududida 250 ta eko turistik hamda turizm obektlari ro‘yxati shakllantirildi hamda turistik portallarga joylashtirildi.

O‘rmon xo‘jaliklaridagi ekoturistik obektlar to‘g‘risida ma’lumot bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi agentligining rasmiy veb sayti orqali tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, ov turizm obektlariga turistlarni jalb qilish maqsadida respublika bo‘yicha 11 ta milliy tabiat bog‘lari hamda 8 ta davlat o‘rmon-ov xo‘jaliklari ov turizm obektlari geolokatsiyasi “Google” xaritasiga yuklandi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring