Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

Turistlar joylashtirish vositalari borasidagi fikrlarini so'rovnoma orqali bildirishlari mumkin

09.01.2023 883

“Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi o‘zining rasmiy veb-saytida turistlarning joylashtirish vositalaridan qoniqish darajasini aniqlash uchun so‘rovnoma joriy qilgan.  

So‘rovnomada turistlar “Umumiy ovqatlanish obyektlari”, “Ziyorat obyektlari”, “Ma’lumot beruvchi obyektlar”, “Ko‘ngilochar obyektlar”, “Yashash joyida xizmat sifatini baholash so‘rovnomasi”, “Transport, “Davolash-sog‘lomlashtirish obyektlari” bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirish imkoniga egalar.

Ta’kidlash joizki, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalaridagi xizmat ko‘rsatish sifatidan norozi bo‘lgan mehmonlar havola o‘tish orqali o‘z taklif va e’tirozlarini bildirishlari mumkin.

Shuningdek, sayyohlar o‘z taklif va e’tirozlarini tizimga yuklangan foto yoki videofayllar ko‘rinishida qoldirish imkoniyatiga ega.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing