Foto va Video

Temir Darvoza (Sug‘diyona)

1841

Surxondaryo bir necha ming yillar davomida sirli bosqinchilar, sayohatchilar va tadqiqotchilar e’tiborini tortmoqda. O‘zbekistonning eng Janubiy hududi qadimiy yodgorliklari, tabiiy obidalari va madaniy merosi bilan ajralib turadi. Temir darvoza butun Markaziy Osiyoda-mashhur tog‘ yo‘li hisoblanib, eng sirli joylardan biridir, Boysun tumanining Darband qishlog‘i hududida joylashgan.

Qadim zamonlarda va o‘rta asrlarda ushbu o‘tish yo‘li orqali ko‘plab savdo karvonlari va qo‘shinlar yurganligi sababli muhim strategik ahamiyat kasb etgan. Bu Buxoro, Samarqand va Chosh (Shosh) dan Baqtriya va Hindistonga, Hindiston va Baqtriyadan Markaziy Osiyo shaharlariga qaytishning eng qisqa yo‘li sifatida qaralgan. Temir darvoza Xitoy, Markaziy Osiyo va Arab tarixchilari va geograflarining yozma manbalarida bir necha bor qayd etilgan.630-yilda Xuanjan sayohatchisi o‘zining qaydnomalarida darani temir bilan qoplangan va ikki pallali eshik bilan qulflangan mudofaa yo‘li deb ta’riflagan. Mashhur Arab geografi Al-Yoqubiy IX asr shahri Sog‘d shahri haqida yozadi va bu yo‘lni ham eslatib o‘tadi. Boshqa bir Xitoy qo‘l-yozmasi rangi va xom-ashyosi tufayli o‘z nomini olgan temir darvoza, shahar va ibodatxona haqida gapiradi. Arab yozuvchisi va tarixchisi Ibn Arabshoh temir darvozani “Kagalgar” darvozasi deya nomlagan, xususan, Amir Temurning Amir Husayni bilan ushbu hududdagi janglari haqida batafsil ma’lumot bergan. Sug‘diyona darvozasi haqidagi Alisher Navoiy va Bobur “Boburnoma” asaridagi ikki she’rida so‘z yuritganlar.

Darvozadan Ispaniya elchisi va sayohatchisi Rui Gonsales De Klavixo ham o‘tgan. Movarounnahrga, Amir Temur qabuliga kelayotib “Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi” (1403-1406)da temir eshiklar oralab kechgan safarning batafsil tavsifi keltirib o‘tilgan: “Keyingi kuni, dushanbada, biz baland tog‘ning etagida dam oldik, uning tepasida rang barang naqshlar bilan g‘ishtdan qilingan chiroyli xoch shaklidagi bino bor edi. Bu tog‘ juda baland, lekin u orqali siz uni inson qo‘li bilan yaratilgandek ko‘rinadigan dara orqali kesib o‘tishingiz mumkin: har ikki tomonni baland tog‘lar o‘rab turadi, chuqurlikda joylashgan daraning toshlari ham juda silliqdek xuddi. Ushbu o‘tish yo‘lining o‘rtasida esa qishloq joylashgan bo‘lib uning ustida baland tog‘ qad ko‘tarib turibdi. Tog‘larda bu o‘tish yo‘li temir darvoza deb ataladi va buy o‘l yagona, boshqa yo‘l mavjud emas. Darvoza, Samarqand shohligini kichik Hindistondan himoya qilab turadi. Samarqandning yerlariga kirib borish uchun boshqa yo‘l yo‘q; xuddi shunday, Samarqand imperiyasining aholisi ham bu o‘tish yo‘li bilan Hindiston yerlariga kira olmaydi. Ushbu temir darvozaga senyor Tamurbek egalik qiladi, va ular har yili unga katta daromad keltiradilar.
Bundan tashqari, Rui Gonsales De Clavicho Darband qishlog‘iga yaqin bo‘lgan ba'zi temir eshiklar haqida gapirib o‘tgan. Keyinchalik, akademik Eduard Rtveladze, temir darvoza –tabiiy inshootlardan tashkil topgan va sun'iy ravishda yaratilgan mudofaa inshootlarining butun majmuasi uchun umumiy nom bo‘lib, Buzgalaxan darasi va hozirgi Darband qishlog‘i o‘rtasidagi hududni egallagan degan xulosaga keldi.


Darani o‘rganishda tarixchilar, geologlar va yozuvchilar birga ish olib borishadi: Nikolay Mayev, Ivan Mushketov, Olga Poslavskaya, Dmitriy Logofet, Mixail Masson. Arxeologlar tomonidan qazish ishlari olib borish jarayonida dara hududidan qadimiy turar-joylar, o‘rta asr karvon saroyining poydevori, Kushon shohligining mudofaa devori va boshqa yodgorliklar topildi.

Tarixchi Eduard Rtveladze tomonidan tuzilgan eng qiziqarli xulosalardan biri, Makedoniyalik Aleksandr - Oksiartning xotini Ruxshona (Roksana) otasining bu hududida boshpana joyi haqida xulosa chiqarish mumkinligi bo‘ldi. Aleksandr, Sug‘diyona shahrining mustahkam tabiiy qal’alarini egallab olish paytida “So‘g‘d qoyalari”da yashiringan. Bundan tashqari, aynan Darbandda Makedoniyalik Aleksandr va Ruxshona Baqtriya malikasining to‘ylari bo‘lib o‘tgan degan taxminlar ham mavjud. U chiroyli va g‘unchadek endi gullayotgan qiz sifatida tasvirlangan, uni qo‘mondon bayram paytida aylana davra raqsi ijro etayotganida sevib qoladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring