TXTY-2022

Termiz arxeologiya muzeyi

1874

2001 yilda Termizning 2500 yilligi sharafiga tashkil qilingan Termiz arxeologik muzeyi mamlakatning asosiy muzeylaridan biri hisoblanadi.

Museum of Archeology Termez

10 ta xonada taqdim etilgan muzey ekspozitsiyasi butun Markaziy Osiyodagi eng boy ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi. Bu yerda 40 mingdan ortiq arxeologik topilmalar va qadimiy buyumlar to‘plangan.

Mahalliy kutubxonada 17 mingdan ortiq kitob, shu jumladan ko‘p tillarda yozilgan qadimiy asarlar to‘plangan.

Muzeyda tosh hovuz, haykallar, kulolchilik buyumlari kabi sopol idishlar hamda mintaqa tarixidagi turli davrlarga oid 20 ta arxeologik yodgorliklarni, noyob buyumlarni ko‘rish mumkin.

Muzeyning asosiy zallariga tashrif buyurib, Kushon imperiyasining tarixi, Ellinlar madaniyati, Qadimgi Baqtriya, tosh va bronza asrlari, Shimoliy Toxariston madaniyati va boshqa ko‘p narsalar haqida maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Shuningdek, bu yerda qadimiy buyumlarni tiklash ustaxonasi ham mavjud.

Boysun, Jarqutan va Surxondaryo vohasining qadimiy obidalarida olib borilgan arxeologik ekspeditsiyalar tufayli har yili muzey fondiga yangi topilmalar qo‘shilmoqda.

Xarita

 

 

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring