Foto va Video

The New York Times: Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab afsonaviy sayohatning 12 kuni

1066

Markaziy Osiyoga sayohatdan keyin bir yil o‘tgach,  New York Times mualliflari Charli Vaylder va Toni Senchiola koronavirus karantinida o‘tirib, 3 ta noyob mamlakat: O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston – Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayohatlarini hayajon bilan eslashadi, deb kim ham o‘ylabdi deysiz.

"Mening erim Roham va men ko‘p yillardan beri orzu qilgan yo‘limning uchdan ikki qismida edik: bu Markaziy Osiyo mamlakatlari - O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston orqali o‘tadigan Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishi, asrlar davomida sivilizatsiya beshigi bo‘lgan dunyoning bir qismi, Iskandar Maqduniydan tortib Chingizxongacha imperiyalar quruvchilarning yashirin xazinasi bo‘lib, yaqin vaqtgacha biz uchun yopiq bo‘lgan yo‘nalish edi.


Mausoleum of Guri Emir

Avlodlar davomida mintaqadagi buddaviylik va zardushtiylik ibodatxonalari, masjid va madrasalar, qadimiy bozorlar va hayratlanarli tabiat manzaralari temir parda ortiga yashiringan, keyin esa ularni diktatura, qashshoqlik, ijtimoiy qo‘zg‘olon va urushlar qoplab olgan, – deb yozadi The New York Times.

Biroq, so‘nggi yillarda mintaqada nisbatan iqtisodiy va siyosiy barqarorlik o‘rnatilishi bilan vaziyat o‘zgardi. 2016-yilda O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti islohotlarga va "o‘zbek bahori"ga olib keldi.

 Lyabi House Square

Chegaralar ochilmoqda va viza cheklovlari olib tashlanmoqda: 2018-yildan boshlab 100 dan ortiq davlatlarning fuqarolari, shu jumladan AQSH fuqarolari ham qaytish reysi tasdig‘i bilan besh kun davomida vizasiz O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishi mumkin, yangi elektron viza tizimi esa mamlakatda uzoqroq vaqt bo‘lishni nisbatan oson qiladi. Hatto Markaziy Osiyoning besh mamlakatiga kirishni taklif qiladigan "ipak viza" bo‘yicha rejalar ham mavjud.

Qisman Xitoyning qiymati bir trillion dollarga teng bo‘lgan, shuningdek, Yangi Ipak yo‘li nomi bilan tanish bo‘lib, Sharqiy Osiyodan Yevropagacha yoyilgan, Xitoyning siyosiy va iqtisodiy ta’sirini kengaytirishga qaratilgan ulkan infratuzilma loyihasi, tanqidchilarning xavfsirashiga ko‘ra, butun mintaqada qarzdorlik inqiroziga olib kelishi mumkin bo‘lgan “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusi tufayli ichki mintaqaviy tashuvlar yaxshilandi.

Mualliflar o‘z sayohatlarini tojik-qirg‘iz chegarasidan boshladilar, Hindiqush tog‘larini, sharqiy Pomir etaklarini ko‘rdilar va keyin O‘zbekistonga tashrif buyurdilar. Ular O‘zbekiston poytaxti Toshkentdan o‘tib, o‘z sayohatlarini muqaddas Buxorodan boshlashga qaror qildilar.

Islom olamining intellektual yetakchi yulduzi sifatida Bag‘doddan keyin ikkinchi o‘rinda bo‘lgan Buxoro ming yillar davomida mavjud bo‘lgan savdo, ilm-fan, din va madaniyat markazi bo‘lib kelgan. Aynan shu yerda buyuk forsiy shoirlar Firdavsiy va Rudakiy o‘zlarining eng muhim asarlarini qoldirishgan, zamonaviy tibbiyotning otasi deb atalgan Abu Ali ibn Sino esa Qohiradan Bryusselgacha olim va faylasuflarni hayratda qoldiradigan ilmiy asarlarni yozgan, – deydi muallif.

Bu yerda ular shubhasiz Labi Hovuz maydoni, Poyi-Kalon me’moriy majmui, qadimiy Ark qal’asi, 350 yoshli “Bozori Kord” hammomiga bordilar.

 Necropolis of Shahi Zinda

Samarqandda mualliflar Registon maydoni me’moriy ansambllari, Ulug‘bek rasadxonasi, Shohi-Zinda qabristoniga tashrif buyurdilar. Samarqanddan keyin mehmonlar Tojikistonga yo‘l olishdi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring