Foto va Video

To‘dako‘l ko‘lidagi dam olish maskani

8975

Yaqinda Buxoro viloyatida To‘dako‘l suv ombori hududida 15 gektarlik ekoturizm plyaji qurilishining boshlanishi haqida ma’lum bo‘ldi.To‘dako‘l suv ombori yoki To‘dako‘l ko‘li, mahalliy odamlar  ta’kidlashicha, Buxoro yaqinida, Navoiy viloyati hududida joylashgan cho‘lning o‘rtasidagi ajoyib vohadir. Suv omboridagi suv achchiq-sho‘rtob  va qisman minerallashgan bo‘lib, u dengizga o‘xshaydi.

Suv ombori yaqinidagi nabotot va hayvonot olami o‘zining boy xilma-xilligi bilan tashrif buyuruvchilarni hayratda qoldiradi. Bu yerda burgutlar, jayronlar, tulkilar, yovvoyi mushuklar, quyonlar, dasht qushlarini uchratish mumkin. Suv parrandalarining ko‘plab sonini janubga mavsumiy ko‘chish paytida kuzatish mumkin: kulrang g‘ozlar, oqqushlar, pelikanlar va hatto baliqchi qushlar. Nabotot va hayvonot dunyosining ba’zi turlari O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

To‘dako‘l suv omborida dam olish maskani mavjud. “Yovvoyi  dam olish” ishqibozlari bu yerga quyoshda toblanish, suzish va hatto baliq ovlash uchun tashrif buyurishlari mumkin. Yaqinda suv parki, ko‘ngilochar kompleks, mini-disneylend, mehmonxona va qulay dam olishni yaxshi ko‘radiganlar uchun o‘yin maydonchalari quriladi. Ekozona faol dam olishning zamonaviy standartlar  va talablarga javob beradi.

Izoh

1

Какая красота супер

ДӘМДІ ТАҒАМДАР | 05.07.2022

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring