Foto va Video

Toshkent muzeyi

9464

Toshkent-2200 yoshdan oshgan O‘zbekistondagi eng qadimiy shahar.
Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan Toshkent ko‘p asrlar davomida ilm-fan, madaniyat va ta’limning eng yirik markazi bo‘lgan. Bu yerda ko‘plab dunyoga mashhur insonlar yashagan: hukmdorlar, olimlar, madaniyat va san’atning ko‘zga ko‘ringan arboblari, yozuvchilar, shoirlar, rassomlar.

Bugun poytaxtimiz rivojlanib, Markaziy Osiyodagi eng muhim va obod megapolislardan biriga aylanmoqda. Shu paytga qadar Toshkent uchun birorta ham muzey ajratilmagan.Shunday qilib, 2020-yil yanvar oyida, mamlakat Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Alisher Navoiy nomidagi bog‘ga, hozirgi O‘zbekiston adiblar xiyoboniga tashrifidan so‘ng, bu yerda Toshkent muzeyini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Yangi muzey bog‘da, sobiq madaniyat va san’at ko‘rgazma zali binosida joylashgan. Yaqin hududda esa O‘zbekistonning mashhur adiblar xiyoboni joylashgan.Muzey ekspozitsiyalarida toshkentliklarning qadimiy o‘tmishi, urf-odatlari, qadimiy mintaqa san’at va madaniyati namunalari namoyish etilgan.Birinchi qavatda “Toshkent-ilm-fan markazi”, “Toshkent-bag‘rikenglik shahri”, “Amaliy san’at. Kundalik hayot va madaniyat”, ikkinchi qavatida esa-qadimiy mehnat va kundalik hayot obyektlari, diqqatga sazovor joylar modellari joylashgan.Muzeyda mingdan ortiq antiqa buyumlar saqlanadi, fond har kuni yangi eksponatlar bilan to‘ldiriladi.

Xarita

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring