Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Toshkent viloyati: 3 kunlik sayohat dasturi

38

Toshkent viloyati bo‘yicha 3 kunlik tur dasturi

1-KUN — Toshkent → Nurafshon → Pskent hududi → Ohangaron

  • 08:30 — Toshkentga yetib kelish (mehmonlarni kutib olish; O‘zbekistonning boshqa hududlaridan kelgan mehmonlar Toshkent viloyatida qarshi olinadi).
  • 09:00–10:00 — “Orzu milliy taomlar” kafesida nonushta.
  • 10:00–11:30 — Zangiota ziyoratgohiga ekskursiya.
  • 12:00–13:00 — “YIK OTA” tarixiy meros obyektiga tashrif.
  • 13:30–14:30 — Nurafshon shahridagi milliy restoranda tushlik.
  • 15:00–16:00 — Nurafshon shahrida Axtam Sahoba yodgorlik merosi obyektiga tashrif.
  • 17:00–18:00 — Pskent hududidagi “Bobo G‘oziy” meros obyektiga yo‘l olish.
  • 18:30–19:00 — Ohangaron shahridagi “Ohangaron” mehmonxonasiga joylashish.

2-KUN — arxeologik va ziyorat obyektlari | So‘qoq gastronomik ko‘chasi

  • 08:00–09:00 — Nonushta (mehmonxonada).
  • 09:00–10:30 — “Sardoba” arxeologik meros obyektiga yo‘l olish.
  • 11:00–12:00 — “Parpi ota” meros obyektiga tashrif.
  • 13:00–14:00 — “Majnuntol” restoranida tushlik.
  • 14:30–15:30 — “Shoabdumalik ota” atrofida ekskursiya.
  • 16:00–17:00 — “Shoabdumalik ota” arxeologik meros obyektiga yo‘l olish.
  • 18:00–19:00 — “So‘qoq” gastronomik turizm ko‘chasida kechki ovqat (manzil aniqlanadi).
  • 20:00–21:00 — “Edelweiss” mehmonxonasida tunash.

3-KUN — Bo‘stonliq yo‘nalishi → Toshkentga qaytish

  • 08:00–09:00 — Nonushta (mehmonxonada).
  • 09:30–11:00 — “Hazrati Ali-Buva” ziyoratgohiga ekskursiya.
  • 11:30–13:00 — “Kumushkon” dam olish hududiga tashrif.
  • 13:00–14:00 — Bo‘stonliq tumaniga yo‘l olish.
  • 14:30–15:30 — “Dilnur” restoranida tushlik.
  • 15:00–16:00 — “Shayx Umar valiy bog‘istoniy” masjidiga tashrif.
  • 16:00–18:00 — Toshkentga qaytish.

Eslatma: Sayohat vaqti va manzillar sharoitga qarab o‘zgarishi mumkin. Sayohatlarni tashkil etishda mahalliy tur-operatorlar xizmatlaridan foydalanish mumkin.


O'zbekiston bo'ylab qulay, xotirjam va xavfsiz sayohat qilmoqchimisiz?

Imkoniyati cheklangan sayohatchilar uchun mos marshrutlar va turpaketlar bo'yicha yordam beramiz: so'rovingizni qabul qilamiz, muhim talablarni aniqlaymiz va uni turistik operatorlarga yetkazamiz — ular sizning ehtiyojlaringizdan kelib chiqib, transport, joylashuv va tashriflar dasturi bo'yicha mos variantlarni taklif qiladi.

Qayerga bormoqchisiz, necha kunga, necha kishi va siz uchun qaysi qulayliklar muhim — yozib qoldiring.

Telegram: @uzbtravelsupport

Telefon: +998 99 444 11 90

Email: info@nationalprcentre.com

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar