Foto va Video

Toshkent viloyatining oltin halqasi

1747

Keyingi 2 yil ichida Toshkent viloyatida “Oltin halqa” konsepsiyasi asosida yangi sayyohlik yo‘nalishi yaratilib, u mintaqaning deyarli barcha hududlarini qamrab oladi.

PR-markaz jamoasi “Oltin halqa” nima ekanligini va sayyohlar uchun qanday foydali bo‘lishi mumkinligini tushunishga qaror qildi.

Tourist route based on the Golden Ring concept,

Birinchidan, hujjatga ko‘ra, yo‘nalish Zangiota, Chinoz, Bo‘ka, Ohangaron, Angren, Yangiobod, Parkent va Bo‘stonliq kabi shaharlardan o‘tadi. Bundan tashqari, sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu yo‘nalishda maxsus mikroavtobuslar ishga tushirilib, sayyohlik xaritalari ishlab chiqiladi.

Bu orada biz Toshkent viloyatining ushbu halqasiga sayohat qilishga va o‘z xaritamizni ishlab chiqishga qaror qildik.

Biz erta tongda (ertalab soat 7 da), Toshkentga eng yaqin bo‘lgan birinchi Zangiota  tumani (Toshkentdan 15 km) tomon yo‘l oldik. Biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri taniqli islom dining mashhur  shayxlaridan  Oy Xo‘ja dafn qilingan qadimiy tarixiy majmua – Zangi ota ziyoratgohiga yo‘l oldik.

 Object for pilgrimage

Sizga aytsam, bu joy juda ajoyib. Benihoyat chiroyli va tinch joy. Ammo maqbaraga kiraverishda qizlar boshlarini yopishlari uchun ro‘mol olib kelishlari kerak.

Historical complex Zangi-ota

Zangi ota maqbarasi Amir Temur davrida qurilgan. Maqbara dastlab so‘fiylar shoiri va voizi Ahmad Yasaviy uchun qurilgan, degan rivoyat bor, ammo binoning devori doimo qulab tushaverib, qurilish to‘xtab qolgan. Bir kuni, Yasaviyning o‘zi Amir Temurnning  tushiga kelib, ziyoratgohni izdoshi Oy Xojaga bag‘ishlash kerakligini aytadi. Shundan keyin maqbara bitkaziladi va XIV asrda masjid va madrasa ham qo‘shimcha tarzda qurilgan.

Masjid ortida turgan qizlarni ko‘rib, masjid noibi majmua hududida Ahmad Yassaviyning rafiqasi Ambar-bibi maqbarasi borligini, mahalliy ayollar uni o‘z homiysi deb bilishini aytdi. Afsonaga ko‘ra - muvaffaqiyatli turmush qurish uchun qizlar bu joyni 7 marta supurishlari kerak ekan. Turmushga chiqqanlar uchun yana bir an’anaviy marosim bor – ona bo‘lishni orzu qilgan ayollar binoning atrofida soat yo‘nalishi bo‘yicha uch marta aylanib yurishlari kerak.

Kichik ziyorat qilib, Toshkentdan 64 km uzoqlikda joylashgan Chinoz shahriga bordik. Tarixiy manbalarga ko‘ra, markaziy avtomagistral bo‘ylab joylashgan bu shaharda bir paytlar mo‘g‘ullarning yirik janglari bo‘lgan.

Ammo bundan tashqari, bu yerda  baliqni juda mazali pishirishadi. Ertalab tongda nonushta qilganimiz sababli, yo‘l bo‘yidagi kafelardan birida yangi pishirilgan baliq bilan o‘zimiz uchun erta tushlik qilishni rejalashtirdik. Men yangi deb yozyapman, chunki o‘zingiz uchun qaysi baliqni iste’mol qilishni tanlash imkoniyati mavjud – har xil turdagi laqqa baliq, zog‘orabaliq, olabaliq va boshqalar.

Yo‘l davomida biz miloddan oldingi VI-VIII asrlarga oid bo‘lgan Qarshaul-tepaning arxeologik manzilini ko‘rdik. Arxeologik ekspeditsiya tomonidan 2014-yilda topilgan osori-atiqalar zardushtiylik dinining vakillari bu yerda yashaganligidan dalolat beradi. Xaritadan joyni aniqlay olmadik, ammo mahalliy aholi yordam berdi.

Chinozdan keyin biz Bo‘ka tumani (Toshkentdan 75 km.) bo‘ylab yana yo‘l yurdik. Albatta, bu yerga bahorda dalalar ekilganda va tabiat gullab-yashnaganida tashrif buyurgan ma’qul, ammo biz tarixchilar fikriga ko‘ra bir paytlar zardushtiylarning yashash joyi bo‘lgan va miloddan avvalgi 328-yilda ushbu hududdan Makedon qo‘shinlari o‘tganini bilish biz uchun  juda qiziqarli edi

Keyin biz mamlakatimiz uchun katta sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan Ohangaron temirchilar shaharchasiga bordik (Toshkentdan 62 km.). Bu yerda yirik korxonalar – tsement va shifer zavodlari, kombinatlar va boshqa turli xil ishlab chiqarish tashkilotlari joylashgan. Bizni tsement ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistonda ikkinchi o‘rinni egallagan, sanoatining yetakchi kompaniyalaridan biri – “Ohangarontsement” zavodiga olib borishdi. U yerda bizga zavod tomonidan ishlab chiqarilgan tsement turlarini ko‘rsatishdi va ishlab chiqarish texnologiyasini aytib berishdi. Qizig‘i shundaki, “O‘zekspomarkaz”, “Forumlar saroyi”, Milliy kutubxona, “Bunyodkor” sport majmuasi va boshqa ko‘plab binolar mazkur zavodda ishlab chiqarilgan tsementdan qurilgan.

O‘zbekistonning sanoat shaharchalaridan yana biri bo‘lgan Angren shahriga (Toshkentdan 105 km. uzoqlikda) kirib o‘tish biz uchun qiyin bo‘lmadi. Bu yerda yer osti ko‘mir pirolizidan gaz oluvchi yagona stansiya joylashgan. Aytgancha, Angrenda bo‘lganimizda biz qadimiy me‘moriy yodgorligi – Gumbaz-bobo maqbarasi joylashgan Geolog qishlog‘iga bordik.

Gumbez Bobo Mausoleum

Bizning keyingi bekatimiz Yangiobod shahri (Toshkentdan 100 km.) bo‘ldi. Eng qiziq tomoni shundaki, shahardan bir necha kilometr uzoqlikda alpinistlar uchun sevimli joy bo‘lib kelgan “Yangiobod” oromgohi joylashgan. Turli balandlik va qiyinchilik darajasidagi tosh devorlar borligi, ularda mashqlar va toqqa chiqishga bag‘ishlangan musobaqalar o‘tkazilishi mumkinligi ularni bu yerga jalb qiladi.

Professional bo‘lmaganlar uchun esa, aniqrog‘i biz kabi odamlar uchun, baza 500 metrli tosh ko‘tarmasi va kichik chang‘i trassasi bilan jihozlangan.

Mahalliy aholining aytishicha, bahorda Yangiobodda baliq ovlash mavsumi ochiladi, yozda esa siz atrofdagi tog‘larda sayr qilib, mahalliy suv havzasida toza suvda miriqib cho‘milishingiz mumkin.

Oromgoh bilan xayrlashib, Toshkentdan 50 km. uzoqlikda joylashgan Parkent tumaniga yo‘l oldik, u yerdagi birinchi sayyohlik qishloqchasi “Kumushkan”  Tyan-Shan etaklarida joylashgan.

Qishloqda biz mahalliy mehmondo‘stlik va mehmonnavozlik bilan  o‘ziga rom qiladigan  milliy uslubda tayyorlangan  mehmonxonalarda tunab qoldik. Bunday uylardagi taomnoma shubhasiz katta emas, ammo taklif qilinadigan taomlarning xilma-xilligi juda katta. Bizning tanlovimiz mahalliy odamlar tomonidan maqtovga sazovor bo‘lgan qiyma shashlikka to‘xtadi, va tanlovimiz bizni aldamadi, taom haqiqatdan ham  juda ajoyib va xushxo‘r edi.

Aytgancha, iliq ob-havoda siz mashhur sharsharalar va zilol suvli soylar yonida, toshli daralar manzarasi yaqinida o‘rnatilgan o‘tovlardan tashkil qilingan oromgohda to‘xtab hordiq  chiqarishingiz mumkin.

Kumushkan village.Kumushkon, 2019 yil yoz

Ertasi kuni, Kumushkentdagi maroqli dam olish va to‘yimli o‘zbek nonushtasidan so‘ng, biz sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Bo‘stonliq tumaniga yo‘l oldik (Toshkentdan 109 km.).

Mountain resort

Eng avvalo qishda ochiq havoda dam olishni yaxshi ko‘radiganlar viloyatning tog‘-chang‘i kurortlaridan birida ajoyib vaqt o‘tkazishlari mumkin, biz ham bu yerdagi yangi “Amirsoy” tog‘ dam olish maskaniga bordik. Chang‘i uskunalarini ijaraga oldik va yangi boshlaydiganlar uchun qulay bo‘lgan yo‘laklarda yetarlicha chang‘i uchdik. Tog‘ yon bag‘iriga eskalatorda ko‘tarilishimiz esa yaxshigina sovg‘a bo‘ldi.

Amirsoy

Issiq mavsumda bu yerda Nanay, Nevich, So‘qoq kabi go‘zal tog‘li qishloqlarda qolish hamda Chotqol tizmasining manzarali peyzajidan bahramand bo‘lish, Urumg‘ochning toza suvli ko‘llarini ziyorat qilish va Chorvoq suv ombori sohilidagi quyosh nurlaridan bahramand bo‘lish mumkin.

 Chatkal ridge

Tarix va qadimiy madaniyatning muxlislari mintaqaning tarixiy diqqatga sazovor sirli joylariga sayohat qilishi mumkin – Oqtosh daryosining yuqori qismida joylashgan, qadimiy odamlar yashagan g‘or (miloddan avvalgi 40-25 ming yillar), Jilg‘a-tepa qal‘asi (VI-XII asrlar) Pskemning o‘ng qirg‘og‘i, Sijjak qishlog‘ining shimoli-sharqiy qismida joylashgan “sehrgarlar qabristoni” Go‘ri Mug‘– bularning barchasi ushbu hududda mavjud bo‘lgan narsalarning kichik bir bo‘lagidir.

Safar sarhisobida qo‘shimcha sifatida aytish mumkinki, qayerga borsangiz ham, Toshkent vohasining har bir burchagida siz unutilmas taassurotlarga ega bo‘lasiz, har bir tashrifingiz o‘zbek tarixi va milliy mehmondo‘stligi bilan esda qolarli bo‘ladi.

Milliy PR Markazi jamoasi


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring