Foto va Video

Toshkentdagi G‘alaba bog'i

29042

2020-yil 9-may kuni Toshkentning Olmazor tumanida noyob yodgorlik bog‘i ochildi.

“G‘alaba bog‘i” mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan fashizm ustidan qozonilgan Buyuk g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan ochildi.

“Ushbu bog‘ xalqimizning Buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasini aks ettiradi, otalarimiz va bobolarimizning fashizmga qarshi kurashdagi qahramonligini abadiylashtiradi, ularning ibratli jasorati va matonatiga bo‘lgan katta hurmatimizdan dalolat beradi”, – dedi davlatimiz rahbari bog‘ning ochilish marosimida.

Bog‘ning ekspozitsiyasida front hayoti sahnalari, misoli muzey ichida jonlantirilgan harbiy ofitserlarning manekenlari, okoplar, blindajlar va dala oshxonalari kompozitsiyalari, temir yo‘l vokzali, eski kutubxonalar va yarani bog‘lash punktlari aks ettirilgan noyob muzey bor. Shu yerning o‘zida urush yillaridagi noyob harbiy qurollarning ko‘rgazmasi ham taqdim etilgan.

Bog‘ning ochiq hududida, ochiq havoda harbiy texnika va qurollarning ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Mualliflar bog‘ ekspozitsiyalarini bir nechta tematik hududlar: urushning dahshatlari zonasi, front orti zonasi, qayg‘u va alam zonasi, uzoq kutilgan g‘alaba va shukronalik zonasiga bo‘lishdi. Har bir hududda o‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi badiiy tarzda va raqamlarda o‘z ifodasini topgan.

Bog‘ning markaziy xiyoboniga Stalingrad urushi paytida ulkan harbiy jasorat ko‘rsatgan ko‘p sonli qo‘shinni boshqargan general Sobir Rahimov boshchiligidagi urush qahramonlari va qatnashchilari haykali qo‘yilgan.

Ma’lumki, Ikkinchi Jahon urushi yillarida bir yarim milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari frontga ketgan edi. Bu respublikada mehnatga qobiliyatli aholining qariyb yarmi demakdir. Shu bilan birga, mamlakat barcha ittifoqdosh respublikalaridan evakuatsiya qilingan bir yarim milliondan ko‘proq aholini qabul qildi.

O‘zbekiston o‘z ajdodlarining jasorati va saxovatini eslaydi va faxrlanadi, G‘alaba bog‘i esa xotira va shon-sharafning o‘ziga xos ramzi bo‘lib, biz uni faxr bilan avlodlarimizga yetkazib boramiz.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring