Toshkentlend bog‘i

4965

Toshkentdagi birinchi va zamonaviy istirohat bog‘laridan biri 90 yillarning oxirida tashkil qilingan bo‘lib, hanuzgacha poytaxt aholisi va mehmonlari orasida juda mashhur bo‘lib kelmoqda. Istirohat bog‘i «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazma zonasi hududida, Toshkent teleminorasi yonida joylashgan. Bog‘ yonida poytaxtning birinchi akvaparki va Yapon bog‘ini ko‘rishingiz mumkin.

«Toshkentlend» bog‘i faqat issiq mavsumda ochiq bo‘ladi. Odatda mavsum mart oyining oxiridan boshlanib, oktyabr oyining oxirigacha davom etadi.

Bahor-yoz mavsumida istirohat bog‘i mehmonlar uchun har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha ochiq.

Ko‘ngil ochish parkiga 2020- yildagi kirish chiptalari narxi quyidagicha:

kattalar uchun chipta - 40 000 so‘m,

bolalar uchun chipta (3 yoshdan 12 yoshgacha) - 20 000 so‘m,

nafaqaxo‘rlar va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun - bepul.

Siz chipta narxini to‘lagandan so‘ng kun davomida istirohat bog‘ining diqqatga sazovor joylariga hamda istalgan sevimli o‘yingohlariga tashrif buyurishingiz mumkin.

Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring