Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Trip.com tomonidan “Eng yaxshi hamkor” va “Eng yaxshi turizm destinatsiyasi” nominatsiyalarida g‘olib deb topildik

112

Turizm qo‘mitasi delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan “Global Travel” forumida g‘oliblarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Trip.com Group Limited xalqaro onlayn sayyohlik platformasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi “Eng yaxshi hamkor” va “Eng yaxshi turizm destinatsiyasi” nominatsiyalarida g‘olib deb topildi.

Ma’lumot uchun: Trip.com Group Limited Xitoyning eng yirik sayyohlik kompaniyasi bo‘lib, uning onlayn platformalari joylashtirish vositalari va sayohatlarni band qilish, transport chiptalarini sotib olish, jamoaviy sayohatlarni tashkil qilish xizmatlarini taqdim etadi. Mazkur kompaniya dunyoning 220 mamlakati bo‘ylab 1,7 milliondan ortiq joylashtirish vositalari va mintaqalardagi 3400 aeroport o‘rtasida parvozlarni amalga oshiradigan 600 dan ortiq aviakompaniyalarning reyslari o‘z ichiga olgan bo‘lib, dunyodagi onlayn sayyohlik agentliklarining “Katta to‘rtligi” qatoriga kiradi. Qarorgohi Xitoyning Shanxay shahrida joylashgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring